Siyosat

SHHT davlatlari shaharlarning ekologik farovonligi dasturini imzolashdi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Fotobankka oʻtishZasedaniye Soveta glav pravitelstv gosudarstv - chlenov SHOS v Tashkente
Zasedaniye Soveta glav pravitelstv gosudarstv - chlenov SHOS v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar hukumat rahbarlari Rossiyaning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan shaharlarning ekologik farovonligini oshirish dasturini imzolashdi.

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar hukumat rahbarlari Rossiyaning tashabbusi bilan ishlab chiqilgan shaharlarning ekologik farovonligini oshirish dasturini imzolashdi, deb xabar qildi RIA Novosti.  

Zasedaniye Soveta glav pravitelstv gosudarstv - chlenov SHOS v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
SHHT hukumat rahbarlarining keyingi yigʻilishi Hindistonda oʻtkaziladi - Aripov

Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar hukumat rahbarlari kengashining majlisi yakunlari boʻyicha "SHHT shaharlarining ekologik farovonligini rivojlantirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida" qaror qabul qilindi, unda hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari, shuningdek, ushbu sohadagi ish tamoyillari belgilandi.

Bundan tashqari, hukumat rahbarlari ushbu sohadagi ishlarning asosiy yoʻnalishlari va tamoyillarini belgilab beruvchi "Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar oʻrtasidagi savdo-sotiq sohasida hamkorlik toʻgʻrisida" qarorni imzoladilar.

Shuningdek, SHHT iqtisodiy tahlil markazlari konsortsium reglamenti tasdiqlandi. Ushbu hujjat bunday markazlarning oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi. Taʼkidlanishicha, tashkilotning har bir mamlakatida bunday hamkorlik uchun bitta markaz belgilanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala