Jamiyat

Toshkentdagi Botanika bogʻida kuzatuv kameralari oʻrnatiladi – IIBB

© Foto: Mariya SilvestrukGUVD Tashkenta vozmet Botanicheskiy sad pod kontrol
GUVD Tashkenta vozmet Botanicheskiy sad pod kontrol - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent IIBB Botanika bogʻini nazoratga oladi. Bogʻda kuzatuv kameralari va “xavotir tugmasi” oʻrnatiladi.

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati Botanika bogʻida kuzatuv kameralari va “xavotir tugmasi” oʻrnatilishi haqida xabar qildi.

Vыnesen prigovor obidchikam malchika-sirotы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Samarqandda yetim bolani xoʻrlagan bezorilarga hukm oʻqildi

Shuningdek, IIBB ushbu hududga ikkita profilaktika inspektorlari yordamchilarini biriktirib qoʻydi.

“Telegram-kanallarning birida quyidagi xabar eʼlon qilindi: “Toshkent Botanika bogʻi – gʻaroyib joy. Ilmiy muassasa boʻlishiga qaramasdan, odamlarning koʻpligidan jamoat joyiga oʻxshaydi. (...) Chiqindilar, bosib tashlangan soʻqmoqlar, buzilgan mini ekotizimlar ishga xalal bermaydimi?” 

Ushbu holatda kamchiliklar borligini tasdiqlab, quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Bir hafta oldin Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan poytaxtda joylashgan Botanika bogʻida kamchiliklar borligiga eʼtibor qaratilgan edi.

Ushbu hududga koʻplab odamlar kelishi, holatni huquqni muhofaza qiluvchi organlari nazorat qilishi zarurligi, sanuzellarning yomon holati hamda hududda maishiy chiqindilar koʻpayib ketgani eʼtiborga olindi.

Avtomobil Yandex Taxi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Taksi, litsenziya va soliq: yoʻlovchilarni tashish sohasida kutilayotgan yangiliklar

Yunusobod tumani IIO FMB rahbariyatiga holatni nazorat qilish va Botanika bogʻi hamda Yunusobod tumani hokimiyati jamoasi bilan hamkorlikda yuqoridagi muammolarni hal qilish vazifasi topshirildi”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, yaqin orada ikkita 360 gradus kuzatuv uchun imkon beradigan kameralar va “xavotir tugmasi” oʻrnatiladi. Bu tashrif buyuruvchilar uchun biror bir holat boʻyicha tezkor tarzda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish imkoniyatini yaratadi. Buning uchun tugma bosilsa, IIBB xodimi bilan videoaloqa orqali bogʻlanish va muammo haqida xabar berish mumkin.

Botanika bogʻi rahbariyati ham yuqoridagi muammolarni hal qilishga kirishib, ushbu yoʻnalishda ishlar olib bormoqda. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala