Yuqori natijalarga erishgan sportchilarga pul mukofotlari topshirildi

Sportsmenam, dostigshim visokix rezultatov, bili vrucheni denejnie prizi
Sportsmenam, dostigshim visokix rezultatov, bili vrucheni denejnie prizi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jismoniy tarbiya va sport vazirligida jahon chempionatida yuqori natijalarga erishgan sportchilar va ularning murabbiylariga mukofotlarni topshirishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Jismoniy tarbiya va sport vazirligida jahon chempionatida yuqori natijalarga erishgan sportchilar va ularning murabbiylariga mukofotlarni topirishga bag‘ilangan tadbir tashkil etildi.

Uzbekistansi vishli v final chempionata Azii po boksu - Sputnik O‘zbekiston
Yorqin g‘alaba: O‘zbekiston bokschilari 8 ta oltin va 3 ta kumush medalni qo‘lga kiritdi

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi xodimlari, mukofotlangan sportchi va murabbiylarning yaqinlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston prezidenti davlat maslahatchisi A.Abduvohidov jahon arenalarida yuksak natijalar qayd etib kelayotgan sportchilarini mukofotlash to‘g‘risidagi prezident farmoyishini o‘qib eshittirdi.

Farmoyishga asosan sportning Olimpiya va paralimpiya turlari, jumladan joriy yil davomida parapauerlifting (2019-yil 12-20-iyul, Qozog‘iston), eshkak eshish (2019-yil 21-25-avgust, Vengriya), dzudo (2019-yil 25-31-avgust, Yaponiya), boks (2019-yil 6-22-sentabr, Rossiya) hamda sport kurashlari (2019-yil 14-22-sentabr, Qozog‘iston) bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan quyidagi sportchilarga hamda ularning trenerlariga bir marta to‘lanadigan pul mukofotlari tantanali topshirildi.

© Ministerstvo fizicheskoy kulturi i sportaSportsmenam, dostigshim visokix rezultatov, bili vrucheni denejnie prizi
Yuqori natijalarga erishgan sportchilarga pul mukofotlari topshirildi - Sputnik O‘zbekiston
Sportsmenam, dostigshim visokix rezultatov, bili vrucheni denejnie prizi

Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li – boks bo‘yicha jahon chempioni, 12 000 AQSh dollari;

Zoirov Shahobiddin Shokirovich – boks bo‘yicha jahon chempioni, 12 000 AQSh dollari;

Mirzaxalilov Miraziz Mirzakarim o‘g‘li – boks bo‘yicha jahon chempioni, 12 000 AQSh dollari;

Mirzayeva Shaxnoza Shokir qizi – eshkak eshish bo‘yicha jahon chempioni, 12 000 AQSh dollari;

Vardanyan Aram Simonovich – yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempionati kumush medali sohibi, 6 000 AQSh dollari

Sprava nalevo: Kerolayn Veyre (Kanada) i Yodgoroy Mirzayeva (Uzbekistan) - Sputnik O‘zbekiston
G‘alaba, mag‘lubiyat va norozilik: Mirzayeva JChning yarim finaliga chiqdi

Kuziyeva Ro‘za Rashidovna – parapauerlifting bo‘yicha jahon chempionati kumush medali sohibi, 6 000 AQSh dollari;

Lutfullayev Sharofuddin Rustamovich – dzudo bo‘yicha jahon chempionati kumush medali sohibi, 6 000 AQSh dollari;

Ro‘zmetov Dilshodbek Yusupbay o‘g‘li – boks bo‘yicha jahon chempionati kumush medali sohibi, 6 000 AQSh dollari;

Assakalov Rustam Sixatbiyevich – yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSh dollari;

Berdimuratov Jalgasbay Karlibay o‘g‘li – yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSh dollari;

Boturov Bobo-Usmon Shamsutdin o‘g‘li – boks bo‘yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSh dollari;

Guliyev Artur Marlenovich – eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSh dollari;

Zokirova Nilufar Obidjon qizi – eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSh dollari;

Mamadaliyev Elor Muhammadjonovich – eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSh dollari;

Rahimov Hasanboy Ahmadjonovich – erkin kurash bo‘yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSh dollari;

Baturov Bobousmon oderjal ubeditelnuyu pobedu nad Aregui Brian Agustinom iz Argentini. - Sputnik O‘zbekiston
Yekaterinburgdagi JChda O‘zbekiston vakillaridan g‘alaba va mag‘lubiyat

Rahmatova Dilnoza Bakir qizi – eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bronza medali sohibi, 3 000 AQSh dollari.

Shuningdek, ushbu sportchilarning trenerlari, jumladan, Kabinov Istam Ashurovich, Erkayev Bahodir Turg‘unovich, Qilichev To‘lqin Maxmurovich (barchasi boks), Karmeyev Artom Ravilevich (eshkak eshish) jahon chempionlarini tayyorlaganligi uchun 6 000 AQSh dollari, Qilichev Farrux Komilovich (boks), Siddiqov Isroil Ismoilovich (yunon-rum kurashi), Toʻraboyev Bekzod Saitqulovich (dzudo) hamda Umurzoqov Fazliddin Abdulboqiyevich (parapauerlifting) jahon chempionatlarining kumush medali sohiblariga ustozlik qilgani uchun 3 000 AQSh dollari, Ahmedov Burxon Bahromovich (boks), Ponomarov Aleksandr Viktorovich (eshkak eshish), Mirzadiyorov Rustam Islomovich (eshkak eshish), Ro‘ziqulov Ravshan Raxmatulloyevich (yunon-rum kurashi) hamda Hikmatov Olimjon Azizovichlar (erkin kurash) esa jahon chempionatlarining bronza medali sohiblarini tarbiyalagani uchun 3 000 AQSh dollari miqdoridagi bir marotaba to‘lanadigan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Yangiliklar lentasi
0