Jamiyat

"Jangdan bahra oldim" - Bektemir Meliqoʻziyev nokaut bilan gʻalaba qozondi

© TwitterBektemir Melikuziyev 3-ya pobeda podryad
Bektemir Melikuziyev 3-ya pobeda podryad - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bektemir Meliqoʻziyev professional ringdagi uchinchi jangini ham muddatidan oldin gʻalaba bilan yakunladi.

TOSHKENT, 3 noya – Sputnik. Oʻzbekistonlik taniqli bokschi Bektemir Melqoʻziyev professional boksda oʻzining uchinchi jangini ham gʻalaba bilan yakunladi.

© TwitterBektemir Melikuziyev 3-ya pobeda podryad
Jangdan bahra oldim - Bektemir Meliqoʻziyev nokaut bilan gʻalaba qozondi - Sputnik Oʻzbekiston
Bektemir Melikuziyev 3-ya pobeda podryad

76 kg vazn toifasida Meliqoʻziyev amerikalik Kley Kollardni nokautga uchratdi. 8 raundga moʻljallangan jang 4 raundda oʻzbekistonlik bokschining gʻalabasi bilan tugadi. Kuchli zarbalarda Kley Kollard dastlab nokdaun, keyin nokaut holatiga tushib qoldi.

"Yana bir gʻalaba! Men bu yigitga qoyil qoldim, qayeriga musht tushirishga harakat qilmay, zarbalarim unga tegmay oʻtib ketgandek tuyulardi. Lekin men jangdan bahra oldim! Navbatdagi uchrashuvgacha!", - deb yozgan Meliqoʻziyev oʻzining Tvitterida.

Bu Bektemir Meliqoʻziyevning professional ringdagi uchinchi jangida uchinchi gʻalabasi va bu ham muddatidan oldin gʻalaba bilan tugadi.

© TwitterBektemir Melikuziyev 3-ya pobeda podryad
Jangdan bahra oldim - Bektemir Meliqoʻziyev nokaut bilan gʻalaba qozondi - Sputnik Oʻzbekiston
Bektemir Melikuziyev 3-ya pobeda podryad
Yangiliklar lentasi
0