Dunyoda

AQSH Rossiyani harbiy jihatdan xatarli, deb eʼlon qildi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishVoyennaya texnika pered nochnoy repetitsiyey parada Pobedы
Voyennaya texnika pered nochnoy repetitsiyey parada Pobedы - Sputnik Oʻzbekiston
Amerikalik ekspertlar fikriga koʻra, Rossiya "oʻsib borayotgan imkoniyatlari" pozitsiyasidan kelib, chiqib oʻzini agressiv va xatarli tutmoqda

TOSHKENT, 4 noya — Sputnik. Rossiya Qoʻshma Shtatlar uchun "haqiqiy harbiy xatar" boʻlib qolmoqda, deb yozadi The Heritage Foundation amerika strategik tadqiqot institutining Index of U.S. Military Strength dokladi mualliflari.

Sovmestnaya trenirovka peshix i mexanizirovannыx kolonn pered Paradom Pobedы - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
AQSH Rossiyaga hamla qilishdan nega qoʻrqishini xitoy OAVlari tushuntirdi

Hujjat mualliflari, Moskva Vashingtonga Yevropada oʻz manfaatlarini ilgari surishga halal bermoqda, deb hisoblaydilar.

"Rossiya AQSH va amerikaning Yevropadagi manfaatlari uchun real va xaarli harbiy xatar boʻlib qolmoqda", - deb koʻrsatilgan matnda.

Taʼkidlanishicha, Rossiyaning hatti-harakatlari agressiv boʻlib, mamlakat "oʻsib borayotgan imkoniyatlari" pozitsiyasidan oʻzini "tahdid solayotgandek" tutmoqda.

Ekspertlar shuningdek, Rossiya boshqa derjavalarga qaraganda "AQSH va ittifoqdosh-mamlakatlar hududida koʻplab nishonlarni yoʻq qilishga qodir yirik miqdordagi yadro quroli arsenaliga ega"ligini eslatib oʻtishgan.

Dokladda asosiy eʼtibor Rossiya armiyasining modernizatsiya qilinganiga qaratilgan. Xususan, tadqiqotchilar, Rossiyada S-500 "Prometey" zenit-raketa majmualar tizimi, sputniklarga qarshi kuchli majmualar tizimi va radioelektron kurash vositalari, shuningdek, T-72, T-80 va T-90 tanklari borligini qayd etishgan.

Doklad mualliflari, shuningdek, Xitoyni ham AQSH uchun "eng keng koʻlamli xatar", deb atashgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala