Shomurodovga Ispaniya futbol klublaridan biri qiziqmoqda

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishIgrok FK "Rostov" Eldor Shomurodov
Igrok FK Rostov Eldor Shomurodov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yulduzi yulduziga to‘g‘ri kelsa - Eldor Shomurodov yozda Ispaniyaning yetakchi klublaridan biriga yo‘l olishi mumkin.

TOShKENT, 3 noya – Sputnik. “Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodovga Ispaniyaning “Sevilya” klubi qiziqmoqda. Bu haqida “Sport” telekanali sharhlovchisi Bobur Akmalov o‘zining telegram kanalida xabar qildi.

“Sevilya” klubi sport direktori Ramon Monchiga yaqin manbalarga ko‘ra, Eldor Shomurodov familiyasi Andalusiya jamoasi long-list’ida bor. Qishki transferlar vaqtida emas, keyingi yozda ochilajak oyna vaqtida o‘zbek forvardi “Sevilya” klubiga o‘tishi ehtimoli bor – deb xabar qilgan Bobur Akmalov.

Eldorning o‘zi Yevropa jamoasida to‘p surishni orzu qilayotganini bir necha bor ta’kidlagan edi. Ayni damda Eldorga Germaniyaning bir necha klublari hamda Rossiyaning yetakchi jamoalaridan biri bo‘lgan SSKA ham qiziqish bildirmoqda.

Hozircha esa Eldor Shomurodov “Rostov” jamoasi bilan 4-yillik shartnoma asosida hamkorlik qilmoqda. Bugungi kunda Shomurodov Rossiya premyer-ligasining yetakchi hujumchisi bo‘lib turibdi 10dan ortiq gollar va bir necha natijali uzatmalar Eldorni RPLning eng istiqbolli futbolchilaridan biriga aylantirdi. 

"Rostov" ham Eldor ishtirokida o‘z rekordlarini yangilamoqda. Masalan, bugun ham "Rostov" Rossiya chempionatining birinchi davrasida 28ta gol urib o‘z rekordini yangiladi. 

Yangiliklar lentasi
0