Tanzila Narbayeva Qozog‘iston Senati raisi Dariga Nazarbayeva bilan uchrashadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTanzila Narbayeva
Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tanzila Narbayeva 4—5 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi. Tashrif doirasida Qozog‘iston parlamenti Senati raisi Dariga Nazarbayeva va boshqa rasmiy shaxslar bilan muzokaralar o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

TOShKENT, 4 noya - Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Qozog‘iston parlamenti Senati raisining taklifiga binoan joriy yil 4—5 noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi, deb xabar qilgan Senat matbuot xizmati.

Passajiri poyezda Moskva-Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
RF Davlat dumasi raisi Narbayeva bilan migrantlar masalasini muhokama qildi

Tashrif doirasida Qozog‘iston parlamenti Senati raisi Dariga Nazarbayeva va boshqa rasmiy shaxslar bilan muzokaralar o‘tkazilishi nazarda tutilgan.

Uchrashuvlarda parlamentlararo aloqalarning amaliy jihatlari, shu jumladan, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va to‘liq tatbiq etish ustidan parlament nazoratini amalga oshirish, qonun ijodkorligi faoliyatining axborot-tahliliy ta’minoti, shuningdek, mintaqalararo aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama etish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0