Jamiyat

Toshkentda tahqirlangan ayollar 60 % holatlarda yaqinlari va qaynonasi zulmiga uchraydi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPostradavshaya ot muja jitelnitsa Djizakskoy oblasti
Postradavshaya ot muja jitelnitsa Djizakskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Poytaxtdagi zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi 29 avgust kuni ochilgan va 10 oktyabrga qadar markazga 184 nafar ayol murojaat qilgan. Ularning 98 nafari psixologik, 25 nafari tibbiy va 35 nafari huquqiy yordam soʻragan.

TOSHKENT, 4 noya - Sputnik. Toshkentda zoʻrlikdan jabr koʻrgan ayollarning 60 foizga yaqini qarindoshlari va qaynonalaridan jabr koʻradi, deya eʼlon qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Postradavshaya ot domashnego nasiliya jenщina iz Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Xotin-qizlar qoʻmitasi sadist er bilan yashab kelgan Muhayyoni doimiy nazoratga oldi

Taʼkidlanishicha, poytaxt va uning tumanlarida ayollar 40 foiz holatlarda turmush oʻrtoqlaridan jabr koʻradilar. Oltmish foiz holatlarda esa qaynonalari va qarindoshlari sabab yuzaga keladi, deydi Toshkent shahar Toshkent shahrida Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish markazining direktori Gulchehra Matkarimova.

Markaz rasman 2019 yilning 29 avgust kuni ochilgan. 10 oktyabrga qadar markazga 184 nafar ayol murojaat qilgan. Ularning 98 nafari psixologik yordam maqsadida, 25 nafari tibbiy yordam soʻrab hamda 35 nafari huquqiy yordam zarurati bilan murojaat qilgan. Bundan tashqari, reabilitatsiya markazi xodimlarining harakati bilan 17 ta oilani tiklashga erishildi.

Matkarimovaning soʻzlariga koʻra, qarindoshlar tomonidan zoʻrlik ishlatishning deyarli barcha holatlari ichki muammolar bilan bogʻliq.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyevdan boʻlajak qaynonalarga maslahat

"Er-xotin oʻrtasidagi jiddiy kelishmovchilik sabab, ayol bolasi bilan uydan ketishga majbur boʻladi. Aksariyat holatda turar joy erga yoki uning otasiga tegishli boʻlganligi sababli ayol oʻz qarindoshlarining uyiga qaytib boradi. Bizda jabr koʻrgan ayol oʻz tugʻishgan akasining uyiga borgan holat uchragan. Aka uylangan, uning boʻyi yetib qolgan farzandlari bor. Shunda kutilmaganda singlisi qaytib kelib, uyning bir qismiga egalik qilgan. Shu sababli akaning xotini, yaʼni kelinoyi jabrdiyda ayolga qarshilik qilgan. Shu jumladan, unga nisbatan jismoniy zoʻrlik ishlatgan", - Matkarimova bunday holatlar koʻp uchrayotganligini taʼkidlaydi.

 

 

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi Chilonzor tumani, Dilxush koʻchasi, 38-uyda joylashgan. Respublika markazining shahar boʻlimida kunu tun ishlaydi, u yerga ayollar anonim ravishda 1169 qisqa raqamiga qoʻngʻiroq qilish orqali murojaat qilishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0