O‘zbekiston tomon yo‘l olgan samolyot Samarada majburan qo‘ndi

© Facebook / Raxmad SobirovV Seti poyavilos foto novogo samoleta Shavkata Mirziyoyeva
V Seti poyavilos foto novogo samoleta Shavkata Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samaraga qo‘nishni amalga oshirgan samolyotni reanimatsiya avtomobili va tez yordam mashinasi kutib olgan, yo‘lovchiga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan va u zudlik bilan shahardagi kasalxonalarning biriga yotqizilgan.

TOShKENT, 4 noya - Sputnik. Sankt-Peterburgdan Urganchga tomon uchgan samolyot, yo‘lovchilardan birining salomatligi yomonlashgani bois, Samarada majburan qo‘ndi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"To‘rtinchi noyabr kuni Kurumoch xalqaro aeroportida Sankt-Peterburg-Urganch 638 reysini amalga oshirayotgan samolyot majburan qo‘nishni amalga oshirdi. Majburan qo‘nish sababi - bortdagi yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgan", - deb xabar qildi agentlikka suhbatdosh.

Samaraga qo‘nishni amalga oshirgan samolyotni reanimatsiya avtomobili va tez yordam mashinasi kutib olgan, yo‘lovchiga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan va u zudlik bilan shahardagi kasalxonalarning biriga yotqizilgan.

Suhbatdosh so‘zlariga ko‘ra, Moskva vaqti bilan 14-20da samolyot belgilangan manzil sari yo‘l olgan.

Yangiliklar lentasi
0