Sport

Abramov: yaqinda terma jamoaga munosib boʻlgan koʻplab isteʼdodlar paydo boʻladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGlavnыy trener sbornoy Uzbekistana Vadim Abramov
Glavnыy trener sbornoy Uzbekistana Vadim Abramov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov professional futbolchilar paydo boʻlishiga taʼsir koʻrsatuvchi asosiy omillar xususida oʻz fikrlarini bildirdi.

TOSHKENT, 5 noya - Sputnik. Oʻzbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Oʻzbekistonda yaxshi futbolchilarning yetishmasligi mavjud emasligini taʼkidladi. Bosh murabbiyning soʻzlariga qaraganda, bir oz sabr qilish kerak, xolos. Yaqinda terma jamoaga munosib boʻlgan koʻplab isteʼdodlar paydo boʻladi.

“Hozirda biz bir oʻq bilan ikki quyonni urish maqsadida olimpiya jamoasi murabbiylar shtabi qattiq ishlayapmiz”, - dedi Abramov Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga.

Murabbiy oʻyinchilarning rotatsiya rejasini nazarda tutgan. Kadrlarni shunday taqsimlash kerakki, unda olimpiya  jamoasi ham, milliy jamoa ham jabr koʻrmasligi kerak. Misol uchun, hozirda ayrim futbolchilar asosiy jamoadan olimpiya terma jamoasiga oʻtishadi.

Vadim Abramov munosib shart-sharoitlar va yaxshi murabbiy isteʼdodli va professional futbolchilarning paydo boʻlishining asosiy ikkita omili deb hisoblaydi. Koʻp hollarda oʻyinchining mohir oʻyinchi boʻlib yetishiga klub muhim rol oʻynaydi. Chunki sportchi oʻzining koʻp vaqtini mamlakat terma jamoasi tarkibida emas, balki klub tarkibida oʻtkazadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala