Tanzila Norboyeva Qozog‘iston prezidenti bilan uchrashdi

© Press-slujba Senata Oliy Majlisa RUzTanzila Narbayeva vstretilas s prezidentom Respubliki Kazaxstan Kasim-Jomartom Tokayevim.
Tanzila Narbayeva vstretilas s prezidentom Respubliki Kazaxstan Kasim-Jomartom Tokayevim. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qasim-Jomart Tokayev Tanzila Norboyevaning tashrifi parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishi va davlatlararo munosabatlarga qo‘shimcha turtki berishi tufayli katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan.

TOShKENT, 5 noya — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Tokayev bilan uchrashdi.

Senat matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Qozog‘iston rahbari Tanzila Norboyevaning tashrifi parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishi va davlatlararo munosabatlarga qo‘shimcha turtki berishi tufayli katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlagan.

“Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor bo‘libgina qolmay, balki qator masalalarda bir-birini to‘ldirib turadi. Shuning uchun muvaffaqiyat qozonishimiz muqarrar. Boz ustiga, biz hamkasbim O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan har jabhada hamkorlikni rivojlantirish uchun faol harakat qilishga kelishib olganmiz”, – dedi Qasim-Jomart Tokayev. 

Qozog‘iston prezidenti 2018-yilda savdo hajmi 2,5 mlrd. dollarga yetganligiga va shu yilning 9 oyi davomida o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan oshib ketganligiga urg‘u berdi.

Tanzila Narbayeva vstretilas s predsedatelem Senata Parlamenta Respubliki Kazaxstan Darigoy Nazarbayevoy. - Sputnik O‘zbekiston
Dariga Nazarboyeva: O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Qozog‘istonning muhim strategik hamkori

O‘z navbatida, Tanzila Norboyeva iliq kutib olganliklari uchun minnatdorlik bildirdi va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrik so‘zini yetkazdi. Senat rahbari Qasim-Jomart Tokayevning davlat rahbari lavozimiga saylanishi uning avvalgi lavozimda tajribali diplomat, obro‘-e’tiborli rahbar va, eng asosiysi, Qozog‘istonda davlatchilikni mustahkamlash, xavfsizlikni ta’minlash va iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lida kuchli siyosat olib borgan birinchi prezident Nursulton Nazarboyev g‘oyalarini davom ettiruvchisi shaxs sifatidagi faoliyatining e’tirofi ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida tomonlar yuksak darajada erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini va keng ko‘lamli ikki tomonlama hamkorlikning boshqa masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb mavzular yuzasidan ham fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Qozog‘istonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Tanzila Norboyeva Qozog‘iston Parlamenti Senati raisi Dariga Nazarboyeva bilan uchrashgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0