Davlatga xiyonat va o‘g‘rilik: Klichkoga qarshi jinoiy ish ochildi

Obuna bo‘lish
Ukrainada Kiyev meri Vitaliy Klichko va uning o‘rinbosarlariga nisbatan davlatga xoinlik va mablag‘larni o‘g‘rilash bo‘yicha jinoiy ishi qo‘zg‘atildi.

TOShKENT, 6 noya – Sputnik. Ukrainaning Korrupsiyaga qarshi milliy burosi Kiyev meri Vitaliy Klichko va uning ikki o‘rinbosariga nisbatan davlatga xoinlik va mablag‘larni o‘g‘rilash bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi, deb xabar beradi “Ukraina yangiliklari” agentligi. RIA Novosti xabariga asosan

Mer Kiyeva Vitaliy Klichko - Sputnik O‘zbekiston
Noqulay savol: Klichko jurnalistga hujum qildi - video

Buro Oliy korrupsiyaga qarshi sudi talabiga asosan surishtiruv ishlar yagona reyestriga kiritildi.

Ilgariroq Kiyev shahar deputatlar kengashli Klichkoni Shulyav ko‘prigini rekonstruksiyada mansab vakolatini suiste’mol qilish va  mablag‘ni o‘zlashtirishda arz qilishdi. Arizada yozilishida Klichko shahar ma’muriyati vakillari bilan birga budjet mablag‘larini qurilish materiallarini suqori narxlarda sotib olish uchun sarflashgan.

Bundan tashqari, deputatlar merni jismoniy shaxslar poytaxt budjeti hisobidan noqonuniy boylik ortirishida ko‘maklashishda gumonlanmoqda.

Keyinchalik sud Tergov burosiga Klichko va uning o‘rinbosarlari tomonidan sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarni tergov qilishda, shu jumladan, 111-moddasining 1-qismi (davlatga xiyonat), shuningdek yerlarni o‘zboshimchalik bilan tortib olish, noqonuniy o‘zlashtirish va turar-joy binolarini qonunga xilof rekonstrutsiya qilish to‘g‘risidagi arizalarini ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida shikoyat arizasi kelib tushdi.

 

Yangiliklar lentasi
0