Suriyada al-Bag‘dodiyning rafiqasi qo‘lga olindi

© AP Photo / Lefteris PitarakisTureskie voyennie na granitse s Siriyey
Tureskie voyennie na granitse s Siriyey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti “Islom davlati”* rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyning rafiqasi qo‘lga olinganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 6 noyab - Sputnik. Turkiya xavfsizlik kuchlari Suriyada “Islom davlati”* rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyning rafiqasini qo‘lga olishdi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rejep Toyyib Erdo‘g‘on bayonot berdi.

“Al-Bag‘dodiy tunnelda o‘z joniga qasd qildi. Biz Suriyada uning xotinini qo‘lga oldik. Lekin bu borada hech qanday shov-shuv ko‘tarmadik. Men hozir ilk bir bu haqda ma’lum qilyapman. Biz yana uning singlisi va uning erini ushladik”, - deya Erdo‘g‘on so‘zlaridan keltiradi RIA Novosti.

AQSh prezidenti Donald Tramp 27-oktabr kuni al-Bag‘dodiy yo‘q qilinganini ma’lum qildi. “ID”* yetakchisi  AQShning Suriya shimoliy-sharqidagi operatsiyasi natijasida yo‘q qilingan. Keyinchalik Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov Rossiyaning amerikalik harbiylar al-Bag‘dodiyni yo‘q qilish bo‘yicha “navbatdagi” operatsiyani o‘tkazganligi haqida ishonchli ma’lumotlari yo‘qligini ma’lum qildi. Amaq nashri o‘z navbatida “ID”* o‘z rahbari yo‘q qilinganini tasdiqlagani haqida xabar tarqatdi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0