Ekspert O‘zbekistonga “Kattaqo‘rg‘on” poligoni nima uchun kerakligini tushuntirdi

© SputnikVoyenniy obozrevatel Viktor Litovkin
Voyenniy obozrevatel Viktor Litovkin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda eng katta - “Kattaqo‘rg‘on” dala-o‘quv maydoni ochildi. Iste’fodagi polkovnik Viktor Litovkin ushbu poligon ochilishining ahamiyatli jihatlari haqidagi fikrlarini bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasidagi eng katta poligon – Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Kattaqo‘rg‘on” dala-o‘quv maydoni foydalanishga topshirildi. Unda zamonaviy dunyo talablariga mos keladigan o‘quv sinflari, tibbiyot punkti, yotoqxonalar, oshxona, sport zali, madaniyat markazi hamda jangovar texnikalar va avtomobillar turarjoylari mujassam.

Iste’fodagi polkovnik Viktor Litovkin poligon harbiylar uchun juda muhim joy ekanini qayd etdi.

“Bu tankchilar, artilleriyachilar, motoo‘qchilar uchun mashg‘ulot joyidir. Ularsiz harbiylar qurol-aslahadan foydalanish ko‘nikmalarini va vatanni himoya qilish qobiliyatini yo‘qotishadi”, - dedi u Sputnik O‘zbekiston bilan bo‘lgan suhbatda.

Ekspertning to‘liq izohini quyidagi podkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Litovkin obyasnil, dlya chego Uzbekistanu poligon "Kattakurgan"
Yangiliklar lentasi
0