Kimlarga xurmo yeyish mumkin emas

Xurma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2021
Obuna bo‘lish
Xurmoning qanday foydali xususiyatlari bor, qaysi holatlarda undan voz kechgan ma’qul?
Parhezshunos shifokorlar xurmoning foydali xususiyatlari haqida so‘zlab berishda hamda qaysi holatlarda undan voz kechish ma’qulligini aytishdi.
Fitoterapevt, nutritsiolog Anjelika Duval xurmoda ko‘plab foydali moddalar, xususan, A, B va C vitaminlari borligini ta’kidladi.
“Bu ayniqsa kuzda zarur bo‘lgan vitaminlardir. Ular immunitet, asab tizimini saqlab turishadi, organizmni turli xil infeksiyalardan himoya qilishda yordam berishadi”, - dedi shifokor.
Shifokor xurmoni haftada ikki-uch marta iste’mol qilishga chaqirdi. Mevani yangi uzilgan holida yeyish koni foyda.
“Xurmodagi yod va temir juda muhim. Ular inson organizmiga yilning istalgan vaqtida zarur”, - deya ta’kidladi Duval. U kamqonlik (anemiya) va yurak-qon tomir xastaliklaridan aziyat chekayotganlarga xurmo iste’mol qilishni maslahat bergan. Bundan tashqari, xurmo tarkibida kam kislota bo‘lgani bois u oshqozon ichak yarasi kasalligiga chalinganlarga zarar qilmaydi.
Biroq, fitoterapevta so‘zlariga ko‘ra, bu mevani oshqozon osti bezi muammosiga duch kelganlar va buyragida toshi bo‘lganlarga iste’mol qilish taqiqlanadi. Chunki meva peshob haydash xususiyatiga ega.
Yana bir parhezshunos shifokor Natalya Proxorova xurmoning foydali jihatlarini sanab o‘tdi.
“Bu meva uzumdan farqli o‘laroq to‘qimalarga ega, lekin yuqori kaloriyali”, - dedi shifokor.
Uning so‘zlariga qaraganda, qand kasalligida xurmoni iste’mol qilishni cheklash zarar. Sutkada bir dona xurmo yeyish mumkin. Chunki ko‘p miqdordagi xurmo insulin chiqarilishiga olib kelishi mumkin. Sog‘lom kishilar kuniga qo‘rqmasdan ikki yoki uch dona xurmo yeyishlari mumkin.
Sbor urojaya xurmi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2019
Shifokor xurmoning foydali va zararli tomonlari haqida gapirdi
Yangiliklar lentasi
0