“Tayvan tovuqchilik qiroli" Namanganda yirik tovuqchilik kompleksini quradi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishPtitsevodcheskoe predpriyatie OOO "Ravis – ptitsefabrika Sosnovskaya" v Chelyabinskoy oblasti
Ptitsevodcheskoe predpriyatie OOO Ravis – ptitsefabrika Sosnovskaya v Chelyabinskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yetishtirilgan tovuqlarning katta qismini Xitoyda mashhur “Imperator tovuq essensiyasi" ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi hamda Chin yurtiga eksport qilinadi. Qolgan qismi “Halol" sertifikati bilan arab davlatlariga hamda ichki bozorga sotiladi.

TOShKENT, 7 noyab - Sputnik. Tayvanning Kai Shing Trading Co. Ltd kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Ten Suekay O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turibdi. Sharqiy Osiyoda “Tayvan tovuqchilik qiroli" sifatida keng tanilgan Ten Suekay, Namangan viloyatida yirik parrandachilik kompleksi qurish loyihasini amalga oshirmoqda. Bu borada Kai Shing Trading Co. Ltd rahbari bir necha bor Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. Namangan viloyatida tayvanlik tadbirkorning MChJ shaklidagi “Kai Shing Namangan" xorijiy korxonasi ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Namangan viloyat hokimligi bilan “Kai Shing Namangan" xorijiy korxonasi o‘rtasida ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha investitsion kelishuv imzolandi.

Imzolangan hujjatga ko‘ra, parrandachilik kompleksi, issiqxona, kushxona, yem ishlab ishlash chiqarish zavodi, organik chiqindilarni qayta ishlash zavodi kabi bo‘limlardan iborat ushbu yirik loyiha uchun “Kai Shing Namangan" xorijiy korxonasiga viloyatda 550 gektar yer ajratiladi.

Investor ushbu loyiha uchun 30 million AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan xorijiy investitsiya kiritadi.

Korxonada ochiq osmon ostida maxsus zotli tovuqlarni yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi. Yetishtirilgan tovuqlarning katta qismini Xitoyda mashhur “Imperator tovuq essensiyasi" ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi hamda Chin yurtiga eksport qilinadi. Qolgan qismi “Halol" sertifikati bilan arab davlatlariga hamda ichki bozorga sotiladi.

Yangiliklar lentasi
0