Qancha O‘zbekiston fuqarosiga Rossiyaga kirishga ta’qiq qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Andrey Aleksandrov / Mediabankka o‘tishRabota belorusskoy tamojennoy slujbi
Rabota belorusskoy tamojennoy slujbi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaga kirishga ta’qiq borligini bila turib chegaradan noqonuniy o‘tishga harakat qilgan fuqarlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

TOShKENT, 7 noya - Sputnik. O‘zbekiston fuqarolaridan 480 000 kishiga Rossiyaga kirishga ta’qiq qo‘yilgan, dedi Sputnik muxbiriga Toshkent viloyati IIBBning Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Ulug‘bek Mirzoqambarov.

“480 000 nafar O‘zbekiston fuqarolariga Rossiya Federatsiyasiga kirishga ta’qiq qo‘yilgan, lekin ular buni bila turib chegarani buzib borishmokda. Fuqarolarimizga huquqiy savodxonlik yetishmayapti”, - dedi IIBB xodimi.  

Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, ikki va undan ortiq marta ma’muriy huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan xorijiy fuqaroga nisbatan Rossiya hududiga kirishga 3-yil muddatga ta’qiq qo‘yilishi mumkin.

Zaderjannie migranti vo vremya reyda politsii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada uch yildan ortiq yashagan nolegal migrantlarga amnistiya berish taklif qilinmoqda

Agar xorijiy ifuqaro, ushbu ta’qiqni buzib, Rossiya hududiga noqonuniy yo‘l bilan kirib kelishga urinsa, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, yanada qattiqqo‘l jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin.

Shuning uchun Rossiyaga kelishni rejalashtirayotgan fuqarolar, birinchi navbatda Rossiya migratsiya xizmatining rasmiy saytida o‘zlariga nisbatan ta’qiq qo‘yilganmi yo‘qmi tekshirishlari kerak.

Undan tashqari, fuqaroga nisbatan O‘zbekiston hududida ham xorijga chiqishni ta’qiqlovchi choralar qo‘llanilgan bo‘lishi mumkin. Masalan aliment, soliq yoki kreditdan qarzlari bo‘lsa. Buni MIB saytidan tekshirib ko‘rsa bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0