Jamiyat

Oʻzbekistondagi eng katta harbiy poligon ochildi

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaV Uzbekistane vveden v ekspluatatsiyu krupneyshiy voyennыy poligon
V Uzbekistane vveden v ekspluatatsiyu  krupneyshiy voyennыy poligon  - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistondagi eng katta poligon chindan ham dunyo standartlariga toʻla-toʻkis javob beradi. Unda bir vaqtning oʻzida barcha turdagi jangovar texnikalarni qoʻllagan holda oʻquv-mashgʻulotarini olib borish imkoniyati yaratilgan.

TOSHKENT, 7 noya - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasidagi eng katta poligon – Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Kattaqoʻrgʻon” dala-oʻquv maydoni foydalanishga topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Sputnik Oʻzbekistonga maʼlum qildi.

Ushbu dala-oʻquv maydonining ochilish marosimida mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov, Qurolli Kuchlar bosh shtabi boshligʻi general-mayor Pavel Ergashev, Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Oybek Saidov, “Oʻzbekiston Qahramoni”, Nuroniy jamgʻarmasi Samarqand viloyati boʻlimi raisi Hasan Normurodov, faxriylar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tumandagi maktab oʻquvchi yoshlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaV Uzbekistane vveden v ekspluatatsiyu krupneyshiy voyennыy poligon
V Uzbekistane vveden v ekspluatatsiyu  krupneyshiy voyennыy poligon  - Sputnik Oʻzbekiston
1/4
V Uzbekistane vveden v ekspluatatsiyu krupneyshiy voyennыy poligon

2/4

3/4

4/4

Tantanali marosimda soʻz olgan mudofaa vaziri dala-oʻquv maydoni qurilishida jonbozlik koʻrsatgan harbiy xizmatchilarga oʻzining samimiy minnatdorchiligini bildirdi. Bu kabi poligonlar mamlakat himoyasi uchun bel bogʻlaganlar uchun malaka va tajriba orttirish maydoni boʻlishini taʼkidladi.

Ochilish marosimidan keyin zamonaviy dunyo talablariga mos keladigan oʻquv sinflari, tibbiyot punkti, yotoqxonalar, oshxona, sport zali, madaniyat markazi hamda jangovar texnikalar va avtomobillar turarjoylari koʻzdan kechirildi. Askar va ofitserlar oshxonasi koʻzdan kechirilayotgan pallada uning bugungi kunda shahar markazlarida urf boʻlgan “Milliy taomlar”dan kam emasligi alohida taʼkidlandi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekistondagi eng katta poligon chindan ham dunyo standartlariga toʻla-toʻkis javob beradi. Unda bir vaqtning oʻzida barcha turdagi jangovar texnikalarni qoʻllagan holda oʻquv-mashgʻulotarini olib borish imkoniyati yaratilgan.

Oʻtkazilgan amaliy oʻquv mashgʻulotlarida harbiy xizmatchilar zamonaviy poligonda yaratilgan oʻquv joylarida bilim va koʻnikmalarini namoyish qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala