Migratsiya

AQSH oʻzbekistonlik migrantlarga eʼtiborni kuchaytirgan - IIV bayonoti

© AP Photo / J. Scott ApplewhiteAmerikanskiy flag pered Kapitoliyem v Vashingtone
Amerikanskiy flag pered Kapitoliyem v Vashingtone - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston IIV taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda "Grin-kart" arizalarining deyarli yarmini ushbu faoliyatni "biznes"ga aylantirib olgan odamlar tomonidan toʻldirilmoqda

TOSHKENT, 8 noya - Sputnik. Oʻzbekiston IIV soʻnggi paytlarda Oʻzbekiston fuqarolari tomonidan "Grin-kart" dasturiga qiziqish kuchayganligi holati yuzasidan axborot berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Goroda mira. Nyu-York - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiya Grin-kard lotereyasini taʼqiqlab qoʻyishi mumkin

Oʻzbekiston IIV rahbari matbuot kotibi Shoxrux Giyasov migratsiya global trendlari va obʼyektiv sabablar haqida toʻxtalar ekan, davlat rivojlanishi bilan fuqarolar mobilligi oshishi tabiiy holatligini taʼkidladi.

"Ularning oʻqish va yashash uchun qulay sharoit qidirishlari - bu tabiiy hol", - dedi Giyasov.

Qayd etilishicha, 2018 yilda dunyo migratsiyasi boʻyicha dokladga koʻra, butun dunyoda migrantlar soni jami 244 million kishi (Yer yuzi aholisining 33%i)ni tashkil etgan. Oʻzbekistonda bu koʻrsatkich 1,2 million (3,6%)ni tashkil etadi va bu dunyo boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkich hisoblanadi, deb qayd IIV rahbari matbuot kotibi.

IIV vakili soʻzlariga koʻra, Grin-kart lotereyasi AQShga oʻz aholisini oʻzgartirishi, yangilab olishiga yordam beradi. 

"Qaysi davlatda migratsiya kam boʻlsa, ular (AQSH, - tahr.) tomonidan shu davlatga eʼtibor kuchaytiriladi. Oʻzbekistonga hozir eʼtibor kuchaygan, sababi AQShda Oʻzbekistondan migrantlar soni kam", - deya tushuntirdi u.

Goroda mira. Nyu-York - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH migrantlarga grin-karta berish talabini keskinlashtirmoqchi

Oʻzbekiston IIV taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda "Grin-kart" arizalarining deyarli yarmini ushbu faoliyatni "biznes"ga aylantirib olgan odamlar tomonidan toʻldirilmoqda. Firibgarlar shu fuqarolarni shaxsiy hujjatlari nusxalari asosida, pasport egalari xabarisiz toʻldirib, yutuq chiqadigan boʻlsa, ulardan maʼlum moddiy mablagʻlarni talab qilib kelishmoqda.

"Bizlarda shunday maʼlumotlar borki, ayrim fuqarolar mingtagacha fuqarolar nomidan anketa toʻldirib, "Grin-kart" yutgan 30 dan oshiq fuqaroga tovlamachilik qilishgan. Bunda aldov, qoʻrqitish, ayrim hollarda shantaj usullaridan foydalanilgan", - dedi Giyasov.

Oʻzbekiston IIV mamlakat fuqarolarini "Grin-kart" lotereyasini biznesga aylantirgan bunday shaxslardan ehtiyot boʻlishga chaqirib qoldi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala