O‘zbekiston IIV koreyalik "ishbilarmondan" jabr ko‘rgan fuqarolarni qidirmoqda

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishSotrudnik sledstvennogo izolyatora
Sotrudnik sledstvennogo izolyatora - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda Koreya Respublikasi fuqarosi Kang Namkyu ushbu jinoiy ishda gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan.

TOShKENT, 8 noya - Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Koreya Respublikasi fuqarosi harakatlaridan jabr ko‘rgan o‘zbekistonliklarga murojaat qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Sdacha ekzamenov v sentre testirovaniya migrantov - Sputnik O‘zbekiston
"Odamlar aldanib qolmoqda": Mehnat vazirligi xususiy bandlik agentliklari ishini tekshiradi

Ilgariroq, "Korean and Migration xususiy bandlik agentligi" MChJ rahbarlariga nisbatan IIV qoshidagi Tergov departamenti tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgan edi.

Xususan, "Kun.uz" xabariga ko‘ra, "Korean and Migration xususiy bandlik agentligi" xorijda ishga joylashtirishga ko‘maklashish niqobi ostida tashkil etilib, jamiyatga murojaat qilgan 645 nafardan ziyod fuqarolarning har biridan 27 million so‘mdan 32 million so‘mgacha - jami 12 milliard so‘mdan ortiq pulni qo‘lga kiritgan va ushbu mablag‘lar MChJ rahbarlari tomonidan shaxsiy manfaatlar yo‘lida sarflab yuborilgan.

Ayni vaqtda Koreya Respublikasi fuqarosi Kang Namkyu ushbu jinoiy ishda gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan.

IIV Koreya fuqarosidan jabr ko‘rgan shaxslar bo‘lsa, Tergov departamentining quyida keltirilgan telefon raqamlari orqali murojaat qilishni so‘ramoqda.

Yangiliklar lentasi
0