“Oq bo‘rilar” o‘z maydonida Qirg‘izistonni mag‘lub etdi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekiston terma jamoasi Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi va raqibdan ustun keldi.

Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinning 11 daqiqasida O‘zbekiston jamoasi hujumchisi Igor Sergeyev hisobni ochdi. O‘yinnng 30 daqiqasida raqib O‘zbekiston jamoani darvozasini ishg‘ol etib, hisobni tenglashtirdi.

"Oq bo‘rilar" yarim himoyasisi Dostonbek Hamdamov 53 daqiqada jamoani oldinga olib chiqdi. O‘yinning 80 daqiqasida Jamshid Iskanderov 3 golni hisobiga yozib qo‘ydi va ustunlikni oshirdi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini 3:1 hisobida “oq bo‘rilar” foydasiga hal bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0