Bordachov Samarqanddagi “Valday” klubining X Osiyo anjumani mazmuni xususida

© Sputnik / Yuriy KorsunsevProgrammniy direktor Valdayskogo kluba Timofey Bordachev
Programmniy direktor Valdayskogo kluba Timofey Bordachev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samarqandda 10-11 noyabr kunlari “Valday” xalqaro munozara klubining X Osiyo konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Rossiya-O‘zbekiston ikki tomonlama sessiya va xorijiy ekspertlar ishtirokidagi sessiyalar rejalashtirilgan.

TOShKENT, 10 noya — Sputnik. “Valday” xalqaro munozara klubi dasturiy direktori Timofey Bordachov uning fikriga ko‘ra, Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan “Valday” klubining X Osiyo anjumani ahamiyati nimadan iboratligi hamda Yevroosiyo va Markaziy Osiyo qarshisida qanday global tartibsizlik turganligi haqida so‘zlab berdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qilmoqda.

"Ushbu uchrashuvning Rossiya va O‘zbekiston uchun ahamiyatliligi, birinchi navbatda, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan ulkan tarixiy aloqalar bilan izohlanadi. Rossiyada ko‘plab O‘zbekiston fuqarolari ishlaydi. Savdo-sotiq hajmi tobora o‘sib bormoqda. Shuning uchun biz xavfsizlik va rivojlanish masalalarnini bir biridan ayro ravishda ko‘rib chiqa olmaymiz. Konferensiyamiz faqat ikki tomonlama munosabatlarga bag‘ishlanib qolmaydi”, - deya ta’kidladi Timofey Bordachov

Predsedatel soveta Fonda razvitiya i podderjki kluba Valday Andrey Bistriskiy i direktor ISMI Eldor Aripov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya intellektual elitalari o‘rtasida aloqalar mustahkamlanadi

U Markaziy Osiyo Yevrosiyo makonining umumiy jarayonlaridan ajralgan holda qaralmasligini ta’kidladi.

“Asosiy chaqiriqlar (Yevroosiyo va MO qarshisida turgan), birinchi navbatda, xalqaro vaziyat, savdo urushi, sanksiyalar kengayishi amaliyoti va umuman ayrim mamlakatlarning xudbinona xatti-harakatlari bilan bog‘liq. Oxir oqibat biz o‘rgangan va u tufayli Osiyo mamlakatlari rivojlangan o‘sha global iqtisodiyotning vayron etilishi. Hozirda ushbu global iqtisodiyotga, afsuski, putur yetmoqda. Biz bu asosiy chaqiriqqa qanday javob qaytarish, qanday qilib umumiy institut, huquqiy normalar yaratish haqida o‘ylashimiz lozim. Ya’ni – biz qanday qilib Osiyo mamlakatlari bilan bo‘lgan yaxshi munosabatlarimizni yanada mustahkamlaymiz”, - dedi Valday” xalqaro munozara klubi dasturiy direktori.

Shu bilan birga u Markaziy Osiyo va Osiyodagi biror mamlakat G‘arbdan farqli o‘laroq o‘z siyosatini Rossiyaga qarshi asosga qurmaganini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0