Dunyoda

Chegara postiga hujum qilgan jangarilarning maqsadi Oʻzbekiston boʻlgan - Xoliqnazar

© MVD TadjikistanaKadrы s mesta napadeniya na pogranzastavu na tadjiksko-uzbekskoy granitse
Kadrы s mesta napadeniya na pogranzastavu na tadjiksko-uzbekskoy granitse - Sputnik Oʻzbekiston
Chegara postiga hujum qilgan “ISHID”* jangarilar Oʻzbekiston hududiga oʻtish uchun harakat qilishgan, deb hisoblaydi Xudoberdi Xoliqnazar.

TOSHKENT, 11 noya – Sputnik. Markaziy Osiyo va Xitoyni oʻrganish markazi jamoat tashkiloti direktori Xudoberdi Xoliqnazarning fikriga koʻra, chegara postiga hujum qilgan “ISHID”* jangarilari Oʻzbekiston hududiga oʻtish uchun harakat qilishgan.  

Iosif Linder - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Xudkush-ayollar chegara postiga hujum vaqtida, qasos haqida oʻylagan boʻlishi mumkin – Linder

“Ishidchilar chegaradan oʻtishdi va “Ishqobod” chegara postida Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi chegaradan oʻtishmoqchi boʻlishdi”, - dedi Xoliqnazar Sputnik Tojikiston bilan suhbatda.

Ekspert taʼkidlashicha, tojik-oʻzbek chegarasidagi “Ishqobod” chegara zastavasiga hujum Toshkentda SHHT mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilmasi yigʻilishi arafasida amalga oshirilgan.

“Soʻroq paytida terrorchilar bu yangi ISHID yetakchisiga qasamyodi boʻlgani, uning gʻoyalariga sodiqlikni namoyish qilishni istashganligini aytishdi”, - deb qoʻshimcha qildi Xoliqnazar.

Tojikiston chegara zastavasiga hujum

Oltinchi noyabr kuni kechasi Tojikiston va Oʻzbekiston chegarasidagi “Ishqobod” chegara zastavasiga 20 kishidan iborat boʻlgan qurollangan guruh hujum qildi.

Tojikiston MXDQ maʼlumotlariga koʻra, niqobli kishilar tojik huquq-tartibot organ xodimlariga oʻq ochishgan. Otishma oqibatida chegarachilar 15 nafar jangarini yoʻq qilishdi, 5 nafar jangari qoʻlga olindi.

Hodisalar
Chegara postiga hujum qilgan terrorchi-ayollar qayerda tayyorgarlik koʻrgani maʼlum boʻldi

Jangovar toʻqnashuv vaqtida Tojikiston tomonidan 6 nafar xodim halok boʻldi.

Qoʻlga olinganlar soʻroq vaqtida ISHID aʼzolari ekanligini tan olishdi.

Koʻrsatmalarga asosan, ular 3 noyabr kuni kechasi tojik-afgʻon chegarasidagi Kalai Zol uyezdidan Xatlon viloyati Kubodiyon tumaniga oʻtishgan.  

Bundan avval “ISHID” Tojikiston “Ishqobod” chegara postiga hujumni oʻz zimmasiga olgandi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala