Putin: RF Yevroosiyoning barcha mamlakatlari bilan teng huquqli o‘zaro aloqalarga tayyor

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinyal uchastie v tretyem Mejdunarodnom forume "Rossiyskaya energeticheskaya nedelya"
Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v tretyem Mejdunarodnom forume Rossiyskaya energeticheskaya nedelya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin Osiyo mintaqasining xalqaro siyosat va iqtisodiyotdagi rolining tobora oshib borishi bilan xalqaro ekspertlik hamjamiyati tomonidan ushbu mintaqaga e’tiborining oshib borishidagi qonuniyatni qayd etdi.

TOShKENT, 11 noya - Sputnik. Rossiya Yevroosiyoning barcha mamlakatlari bilan teng huquqli o‘zaro aloqalarga tayyor, deya e’lon qilindi RF prezidentining Valday klubining Samarqanddagi konferensiya qatnashchilariga yo‘llagan murojaatnomasida.

Murojaatnomani RFning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Turdenev o‘qib eshittirdi.

“Rossiya butun qit’a mamlakatlari bilan konstruktiv, teng huquqli o‘zaro aloqa o‘rnatishga tayyor. Yevroosiyo mintaqasi makonida  tinchlik va farovonlik global miqiyosda xavfsizlik va barqarorlikning eng muhim sharti demakdir”, - deyiladi yo‘llangan maktubda.

Putin shu bilan birga, Osiyo mintaqasining xalqaro siyosat va iqtisodiyotdagi rolining tobora oshib borishi bilan xalqaro ekspertlik hamjamiyati tomonidan ushbu mintaqaga e’tiborining oshib borishidagi qonuniyatni alohida qayd etdi.

“Transport, kommunikatsiya va energetik infratuzilmalar, yuqori texnologiyalar va fundamental ilm-fan mintaqada faol rivojlanib kelyapti”, dedi Rossiya prezidenti.

Putin Samarqanddagi konferensiyaning mavzusi naqadar muhim ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Valday klubi shu bilan joriy yilgi “Sharq yili” dasturiga xotima yasar ekan, rossiyalik prezident ta’biricha mazkur konferensiya ishtirokchilaridan “integratsion jarayonlarning joriy ahvoli va istiqbollari hamda turli sohalarda davlatlararo hamkorlikning salohiyatiga baho berish” talab qilinadi.

Kurmanov: Valday forumi ikki davlat oldida turgan ulkan ishlarning muqaddimasidir

Samarqandda 10-11 noyabr kunlari Valday klubining “Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizlik qarshisidagi ko‘pqirrali hamkorlik” mavzusiga bag‘ishlangan o‘ninchi Osiyo anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Anjumanda 11ta mamlakat – Rossiya, O‘zbekiston, Germaniya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Tojikiston, Filippin, Shvetsiya, Yaponiya kabilarda 70 dan ortiq yetakchi ekspertlar ishtirok etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0