Jamiyat

Bosh prokuratura fuqaro Akbarovaning videomurojaati yuzasidan bayonot berdi

© Sputnik / Anton Denisov / Fotobankka oʻtishMujchina pereschitыvayet dollarы SSHA, foto iz arxiva
Mujchina pereschitыvayet dollarы SSHA, foto iz arxiva - Sputnik Oʻzbekiston
Bosh prokuratura internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan fuqaro M.Akbarovaning yoʻllagan videomurojaati yuzasidan bayonot berdi.

TOSHKENT, 12 noya – Sputnik. Bosh prokuratura internet ijtimoiy tarmoqlarida fuqaro M.Akbarova tomonidan eʼlon qilingan videomurojaati yuzasidan bayonot berdi.

Sotrudnik Byuro prinuditelnogo ispolneniya zapolnyayet dokumentы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
MIB, aliment va maosh: Bosh prokuratura yangi hujjat tayyorladi

Unda aytilishicha, M.Akbarova huquqni muhofaza qiluvchi organlardan prokuratura xodimi Raxmatullayev Shavkat Shermatovichdan 19 ming AQSH dollari miqdordagi pullarini qaytarib olib berishlikni soʻragan.

"Aniqlanishicha, JIB Yangiyoʻl tuman sudining hukmiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan sudlangan SH.Raxmatullayevdan jabrlanuvchi M.Akbarova foydasiga 13 ming AQSH dollari undirish haqidagi ijro hujjatiga asosan 2019 yil mart oyida Majburiy ijro byurosi Yangiyoʻl shahar boʻlimi tomonidan 13,8 mln. soʻm undiruvchi M.Akbarovaga tilxat asosida topshirilgan.

Shuningdek, Bosh prokuraturaning aralashuvi bilan joriy yilning aprel oyida qarzdordan undiruvchi M.Akbarovaning talabiga asosan 13 ming AQSH dollari hozirgi kundagi davlat kursi boʻyicha hisoblanib, ilgari qoplangan 13,8 mln. soʻmdan qolgan 96 mln. soʻm pul mablagʻlari undirilib, undiruvchi M.Akbarovaga tilxat asosida topshirilgan va ijro hujjati ijrosi amalda toʻliq taʼminlangan.

Fuqaro SH.Raxmatullayev haqiqatda 2000 yilga qadar prokuratura organlari tizimida ishlab kelib, Bosh prokurorning buyrugʻiga asosan prokuratura organlaridan boʻshatilgan", - deyilgan bayonotda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala