Dunyoda

Kreml Nazarboyevning Putin va Zelenskiy uchrashuvi toʻgʻrisidagi taklifiga javob qaytardi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaMoskovskix Kreml
Moskovskix Kreml  - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kremlda Nazarboyevning taklifi qanday qabul qilingani maʼlum qildi.

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Kreml Qozogʻistonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning Moskva va Kiyev munosatlarini yaxshilashga qaratilgan saʼy-harakatlarini yuqori baholaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov maʼlum qildi.

Peskov taʼkidiga koʻra, Rossiya yetakchisi Zelenskiy bilan uchrashishdan hech qachon bosh tortmagan, biroq hozir hammaning diqqati “normand shaklidagi” uchrashuvga qaratilgan.

Prezident RF V. Putin prinimayet uchastiye v zasedanii VEES i sessii Soveta kollektivnoy bezopasnosti ODKB v Sankt-Peterburge - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Nazarboyev Putin va Zelenskiyga Qozogʻistonda uchrashishni taklif qildi

“(Putin. – Tahr. izohi) uchrashish uchungina uchrashuv oʻtkazish kam foyda keltiradi deb hisoblaydi. Uchrashuv yaxshi tayyorlangan boʻlishi kerak. Shu bois hozirda barchamiz diqqatimizni “normand shaklidagi” jarayonlar tayyorgarliklariga qaratganmiz. Buning uchun, albatta, tomonlar Minskda oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajargan boʻlishlari shart ”, - deya Peskov soʻzlaridan keltiradi RIA Novosti.

Prezident kotibi davlat rahbari hamisha Kiyev va Moskva munosabatlarining yaxshilanishi va normal holatga qaytishi tarafdori boʻlganini qoʻshimcha qilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Nazarboyev Putin va Zelenskiyga Qozogʻistonda uchrashishni taklif qilgan edi. Buning uchun Qozogʻiston maydon taqdim etishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala