Jamiyat

Markaziy Osiyoda yagona: Davlat test markazi qoshida yangi ilmiy maktab ochiladi

Respublika hududlarida test sinovlarini oʻtkazishga moʻljallangan katta sigʻimli bino va inshootlarni qurish uchun DTM huzurida “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi tashkil etiladi.

TOSHKENT, 12 noya – Sputnik. “Test tizimini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha
chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

V Tashkente nachinayutsya vstupitelnыe ekzamenы v vuzы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Kelgusi yil test sinovlarida oʻzgarish boʻlishi mumkin - DTM 

Unga koʻra, testologiya va pedagogik oʻlchovlar, chet tilidan malaka oshirish kurslarini tashkil etish hamda sohada yetakchi halqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, Markaziy Osiyoda testologiya boʻyicha mintaqaviy ilmiy maktab yaratish maqsadida Davlat test markazi qoshida “Ilmiy-oʻquv amaliy markaz” davlat unitar korxonasi tashkil etish koʻzda tutilgan.

Hujjatga koʻra, Ilmiy-oʻquv amaliy markazining asosiy vazifalari:

- test materiallarini ishlab chiqish va ularning sifatini aniqlash, testologiya va pedagogik oʻlchovlar sohasidagi ilmiy tadqiqot natijalarini nashr etish;

- test materiallarini ishlab chiqish va ularning sifatini aniqlash boʻyicha mutaxassislar – testologlarni tayyorlash, shuningdek, bu borada mahalliy va xalqaro oliy taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;

Bolshoy etnograficheskiy diktant v Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Test natijalari boʻyicha apellyatsiya berish tartibi qanday?

- shartnoma asosida qisqa va uzoq muddatli testologiya, pedagogik oʻlchovlar, chet tillari boʻyicha tinglovchilarning malakasini oshirish, diagnostik test sinovlarini tashkil etish;

- testologiya va pedagogik oʻlchovlar sohasida ilmiy izlanish olib boruvchi shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, xorij tajribalarni oʻrganish asosida milliy tizimni yaratishga takliflar berish;

- xalqaro imtihon oluvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish.

Qarorda respublika hududlarida test sinovlarini oʻtkazishga moʻljallangan katta sigʻimli bino va inshootlarni qurish uchun DTM huzurida “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi tashkil etish nazarda tutilgan.

Shuningdek, hujjatga javoblar varaqasi namunasi hamda DTMning tuzilmasi ilova qilingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala