TOSHKENT, 12 noya – Sputnik. Tokioda oʻtkazilgan "Miss Interneshnl" (Miss International) xalqaro goʻzallik tanlovida tailandlik Bint Sayrisorn gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. RIA Novosti xabariga asosan.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Tailandlik ayolning kasbi - farmatsevt. Sentyabr oyida “Miss Tailand” faxriy nomini olgan.
"Miss Interneshnl" — jahondagi eng mashhur goʻzallik tanlovlaridan biri hisoblanadi. Bu yilgi tanlovda 83 ta davlatdan goʻzallar ishtirok etdi.
Tanlovning asosiy gʻoyasi - bu dunyo goʻzallik bayrami, unda nafaqat ishtirokchilarning tashqi koʻrinishi, balki axloqiy fazilatlari ham baholanadi.