Siyosat

Xitoy va Oʻzbekiston hamkorligi rashk uchun sabab emas – rossiyalik ekspert

© SputnikSpetsialist mejdunarodnogo diskussionnogo kluba "Valday" Aleksandr Lomanov
Spetsialist mejdunarodnogo diskussionnogo kluba Valday Aleksandr Lomanov - Sputnik Oʻzbekiston
"Valday" klubining mutaxassisi Aleksandr Lomanovning fikriga koʻra, Markaziy Osiyo mintaqasida oʻzaro tushunish va ishonchga asoslangan mutlaqo yangicha mintaqaviy hamkorlik paydo boʻlmoqda.

TOSHKENT, 12 noya – Sputnik, Aleksey Stefanov. "Valday" munozaralar klubining mutaxassisi Aleksandr Lomanovning fikriga koʻra, Markaziy Osiyo mintaqasida oʻzaro tushunish va ishonchga asoslangan mintaqaviy hamkorlikka asoslangan mutlaqo yangi kontekst paydo boʻlmoqda.

Eldor Tulyakov: klub Valday v Samarkande - znakovoye sobыtiye - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Iqtisodiyot, xavfsizlik va Afgʻoniston: Eldor Tulyakov Samarqandda Valday klubi haqida

Xitoy va Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari oʻrtasidagi hamkorlikni Rossiya tomonidan xavfli raqobat manbai sifatida qabul qilmasligi kerak. Bunday fikrni “Valday” klubining X Osiyo konferentsiyasida ishtirok etgan E.M.Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Aleksandr Lomanov bildirdi.

“Chunki na 10, na 15 yil oldin boʻlmagan, oʻzaro ishonch va tushunishga asoslangan mutloqo yangicha mintaqaviy hamkorlik yuzaga kelmoqda”, - dedi Lomanov Sputnik muxbiriga.

Raqobat va hamkorlik tushunchasi oʻzi oʻzgaradi, chunki soʻnggi ikki yil ichida xalqaro savdo mexanizmlarining qisqarishini kuzatish mumkin, deydi ekspert.

“Xitoy, va nafaqat u, oʻn yil davomida shakllangan ishlab chiqarish aloqalarining buzilishi oqibatida eksport bozoriga chiqishda muammolarga duch kelayotgan mamlakatdir. Shuning uchun, bu kontektsda, eski tizim buzilayotganda, Xitoy va Rossiya Osiyoda raqobatchi deb aytish notoʻgʻri. Men hammaga maʼlum bir faktni eslamoqchiman - shu yil iyun oyida Rossiya va Xitoy rahbarlari Vladimir Putin va Si Tszinpin Rossiya-Xitoy munosabatlarining yangi davrga kirishini eʼlon qilishdi va bu printsipial jihatdan muhimdir”, - deydi Lomanov.

Rossiya va Xitoy rahbarlarining chiqishlarida aytilgan asosiy soʻz, "Valday" klubining mutaxassisi taʼkidlaganidek, bu ishonch nafaqat ikki tomonlama, balki koʻp tomonlama boʻlishi kerak.

Mujchinы s portfelem v ruke. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
SSSR qulaganidan keyin yoʻqotilgan ulkan iqtisodiy bazani tiklamoqchimiz – Kupriyanov

“Nafaqat Rossiya va Xitoy, balki Yevrosiyo mamlakatlari, mintaqaning boshqa mamlakatlari oʻrtasidagi oʻzaro ishonch iqtisodiyot, siyosat va madaniyat sohasida erishilgan ijobiy natijalarni saqlab qolishga yordam beradi. U bu salbiy tashqi taʼsirlardan - deglobalizatsiya, tashqi tomondan bizga qarshi qilinadigan harbiy-siyosiy raqobat taʼsiridan himoya qiladi”, - deb hisoblaydi mutaxassis.

Samarqandda 10-11 noyabr kuni Valday klubining “Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizlik qarshisidagi koʻpqirrali hamkorlik” mavzusiga bagʻishlangan oʻninchi Osiyo anjumani boʻlib oʻtdi. Anjumanda 11 ta – Rossiya, Oʻzbekiston, Germaniya, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Xitoy, Tojikiston, Filippin, Shvetsiya, Yaponiya kabi davlatlardan 70 dan ortiq yetakchi ekspertlar ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala