Sport

Oʻzbekiston-Saudiya Arabistoni uchrashuvini boshqaradigan hakamlar maʼlum boʻldi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaMatch Uzbekistan-Saudovskaya Araviya rassudit brigada arbitrov iz Yaponii
Match Uzbekistan-Saudovskaya Araviya rassudit brigada arbitrov iz Yaponii - Sputnik Oʻzbekiston
Vadim Abramov boshchiligidagi Oʻzbekiston MTJ 14 noyabr kuni Jahon chempionati-2022 saralash bahslari doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.

TOSHKENT, 12 noya – Sputnik. Oʻzbekiston – Saudiya Arabistoni uchrashuvini yaponiyalik hakamlar boshqaradi. Bu haqda OʻFA xabar qilmoqda.

Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
“Oq boʻrilar” oʻz maydonida Qirgʻizistonni magʻlub etdi

Oʻyin bosh hakami – Ryuji Sato. Unga qanotlarda hamyurtlari – Hiroshi Yamauchi hamda Jun Mihara yordam berishadi. Zaxira hakami – Yudai Yamamoto. 

Oʻyin nazoratchisi iordaniyalik Omar Musa Xalaf Abu lum, komissar esa malayziyalik Mohd Sayfiddin Abu Bakar.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 14 noyabr kuni Jahon chempionati-2022 saralash bahslari doirasida Saudiya Arabistoni bilan bahs olib boradi.

Oʻzbekiston Jahon chempionati-2022 saralash bosqichining “D” guruhidan oʻrin olgan. Guruhda Oʻzbekiston terma jamoasiga Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman hamda Singapur termalari raqiblik qiladi.

Ilk uchrashuvda Oʻzbekiston Falastinga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Shundan soʻng Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper oʻrtasidagi shartnoma oʻzaro kelishuvga asosan bekor qilindi. Jamoa yangi bosh murabbiy Vadim Abramov boshchiligida keyingi oʻyinlarni Yaman va Singapurga qarshi oʻtkazib, yirik hisobda gʻalaba qozongan edi. Kuni kecha Qirgʻiziston jamoasiga qarshi oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvida ham "oq boʻrilarning" qoʻli baland keldi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala