Jamiyat

Oʻzbekiston yangi saylovlarga qanday tayyorgarlik koʻrmoqda

© MSKPodgotovka k vыboram
Podgotovka k vыboram - Sputnik Oʻzbekiston
Bu yilgi parlament saylovlari "Yangi Oʻzbekiston - yangi saylovlar" shiori ostida oʻtkazilmoqda. Xoʻsh, yangi saylovlarga qanday tayyorgarlik koʻrilmoqda?

TOSHKENT, 12 noya – Sputnik. Bugun, 12 noyabr kuni Markaziy saylov komissiyasida komissiya aʼzolari, siyosiy partiyalar hamda OAV vakillari ishtirokida navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda MSK matbuot xizmati.

Jenщina golosuyet na izbiratelnom uchastke - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Saylov byulleteni qanday koʻrinishga ega boʻladi – Adliya vazirligi

Majlisda saylovlarga tayyorgarlik koʻrish masalalari koʻrib chiqildi. Xususan saylov uchastkalarining aloqa vositalari bilan taʼminlanganligi, SJBAT (saylov jarayonini boshqarish boʻyicha axborot tizimi) va SYAER (saylovchilarining Yagona elektron roʻyxati)ni shakllantirish boʻyicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining axboroti tinglandi.

Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi boʻyicha saylov kampaniyasi davrida siyosiy partiyalar, deputatlikka nomzodlarniing saylovoldi tashviqoti, Siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan deputatlikka nomzodlarning hujjatlarini oʻrganib chiqish natijalari muhokama qilindi.

Undan tashqari Xalqaro matbuot markazi Buxoro viloyati boʻlimi vakillari saylov jarayoniga koʻrilayotgan tayyorgarlik yuzasidan axborot berib oʻtdi.

Vыborы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentda ilk bor xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov boʻlib oʻtmoqda

Toshkent shahrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatini saylovini oʻtkazish boʻyicha 12 ta saylov okruglari, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati saylovini oʻtkazish boʻyicha 60 ta, tumanlar Kengashlari deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha 327 ta saylov okruglari tuzilgan.

Markaziy saylov komissiyasining qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik  vakolatxonalari va konsullik idoralarida tuzilgan 53 ta saylov uchastkalari Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati saylovini oʻtkazish boʻyicha tuzilgan 12 ta saylov okruglariga biriktirilgan.

Oʻrganishlar davomida ushbu okrug saylov komissiyalari binolarida hanuzgacha internet aloqasi ishlamasligi, saylov uchun ajratilgan 46 ta binoda tamirlash ishlari olib borilayotganligi, ular uchun alohida bino ajratish zarurligi va boshqa muammolar aniqlangan.

Bu yilgi saylovlar qanday oʻtadi?

Eslatib oʻtamiz, bu yilga saylovlarda Oʻzbekistonda ilk bor saylovchila yagona roʻyxati shakllantirib uning asosida ovoz berish jarayoni yoʻlga qoʻyilmoqda. Ushbu chora bir kishi tomonidan takroriy ovoz berish hamda doimiy yashab turgan joydan boshqa joyda ham ovoz berish imkonini beradi.

Saylov kuni ovoz berish uchun kelgan yurtdoshlarimiz SJBAT operatorlariga murojaat qiladi va saylov byulletenini olib, ovoz berish kabinasida oʻz nomzodini qoʻllab-quvvatlaydi. Natijada bir vaqtning oʻzida, saylovda ishtirok etganlarning toʻliq roʻyxati avtomatik tarzda shakllantiriladi. Bu bir shaxsning bir necha marotaba ovoz berishi yoki bir kishining butun oila aʼzolari uchun ovoz berishining oldi olinadi, - deyilgan xabarda.

Komissiya partiya aʼzolariga saylovoldi tashviqot qoidalarini yana bir bor eslatib oʻtdi. Xususan, tashviqoti nomzodlarni roʻyxatga olish uchun belgilangan oxirgi kunning ertasidan eʼtiboran boshlanadi. Saylov kuni va ovoz berishga bir kun qolganida tashviqotga yoʻl qoʻyilmaydi. Tashviqotni saylovchilarga bepul yoki imtiyozli shartlarda tovarlar berish, xizmatlar koʻrsatish (axborot xizmatlaridan tashqari), shuningdek pul mablagʻlari toʻlash bilan qoʻshib olib borish taqiqlanadi. Notoʻgʻri axborotni, shuningdek nomzodlarning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan maʼlumotlarni tarqatish taqiqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala