Hodisalar

Firibgarlikda ayblanayotgan “Human” agentligi direktori ozodlikdami?

© Sputnik / Ivan Rudnev / Fotobankka oʻtishOxrannыy perimetr minskoy ispravitelnoy kolonii
Oxrannыy perimetr minskoy ispravitelnoy kolonii - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentda fuqarolarning 1,67 milliard soʻmdan ziyod pulini yeb ketgan agentlik direktoriga nisbatan qamoq bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa ehtiyot chorasi qoʻllanilganligi va uning ozodlikda ekanligi haqida xabarlar tarqaldi.

TOSHKENT, 13 noya – Sputnik. IIV Tergov departamenti “Human xususiy bandlik agentligi” MCHJ  rahbarining ozodlikda ekanligi va jarblanuvchilarga yetkazilgan moddiy zarar undirilmaganligi iddao qilingani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Xabarda qayd etilishicha, shu kabi daʼvolar assosiz va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

“Dastlabki tergov davomida SH.Fayzullayevga nisbatan Oʻzbekiston JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan ayblov eʼlon qilingan va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilib, hozirda u IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga qarashli 1-sonli tergov hibsxonasida saqlanmoqda”, - deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, jabrlanuvchilarga yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplanishini taʼminlash maqsadida, SH.Fayzullayev firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pul mablagʻlari hisobidan xarid qilingan mol-mulklarni, shuningdek oʻzlashtirib yuborilgan va sarflangan pul mablagʻlarni aniqlab, ularni xatlash choralari koʻrilmoqda.

Mujchina derjit naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
“Human” agentligi direktori firibgarlikda gumonlanmoqda

Xabarda agentlik rahbariga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom etayotgani va tergov yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi qoʻshimcha qilingan.

Tergov departamenti fuqarolardan norasmiy maʼlumotlarga ishongan holda biror-bir huquqbuzarlik sodir etishdan oʻzlarini tiyishni hamda IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan jinoyat ishi boʻyicha berib boriladigan rasmiy maʼlumotlarga asoslanishni soʻragan.

Eslatib oʻtamiz, “Human xususiy bandlik agentligi” litsenziyasini toʻxtatilgan. Agentlik direktoriga nisbatan katta miqdordagi firibgarlik fakti boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, agentlik fuqarolarni 1,67 milliard soʻmga chuv tushirgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala