TOSHKENT, 13 noya – Sputnik. Afgʻonistonning Nangarxar viloyatida “Islom davlati” terrorchilik guruhi jangarilari, ayollar va bolalar, umimiy hisobi taxminan 300 kishi hukumat kuchlariga taslim boʻldi. Bu haqda RIA Novosti Tolo News telekanaliga asosan xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, ayrim jangarilar Pokiston fuqarolari boʻlgan.
NANGARHAR: At least “300 Daesh members” including women & children surrendered to Afghan Special Forces in Achin district of #Nangarhar province, according to a TOLOnews reporter, who said that a number of the Daesh members are citizens of #Pakistan. pic.twitter.com/SZJPACLrr9
— TOLOnews (@TOLOnews) 13 noyabrya 2019 g.
Afgʻonistonda hukumat kuchlari bilan “Tolibon” radikal harakati jangarilari oʻrtasida qarama-qarshilik davom etmoqda. Toliblar ilgari mamlakatning qishloq joylaridagi katta hududni egallab olgan va yirik shaharlarga hujum uyushtirgan.
Mamlakat hududida ISHID* terrorchilik guruhining taʼsiri kuchaydi. Afgʻoniston milliy mudofaa va xavfsizlik kuchlari butun mamlakat boʻylab aksilterror operatsiyalarini oʻtkazmoqdalar.