Lavrov AQShda prezident saylovi muammosini "hal qilishni" va’da berdi

Obuna bo‘lish
Sergey Lavrov aytishiga qaraganda bugungi kunda Yer yuzida sodir bo‘layotgan barcha noxush voqealarda "Rossiyaning qo‘li bor" deb jar solish odatga aylanib qolgan.

TOShKENT, 13 noya – Sputnik. Kecha 12-oktabr kuni Parijda bo‘lib o‘tgan anjumanda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun Rossiyani Yer yuzida sodir bo‘layotgan barcha noxush voqealarda ayblash odatga aylanib qolganini va shunday ekan 2020-yilda AQShda prezident saylovi muammosini ham "hal qilishni" va’da berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Xususan, Solsberidagi zaharlash, Brekzit, Kataloniyadagi namoyishlar, Chili va boshqa joylarda  sodir bo‘lgan voqealarda Rossiyaning qo‘li bor degan xabarlar ko‘plab paydo bo‘ldi.

Shunisi qiziqarliki Iroq, Liviya, Boliviyadagi voqealarni hech kim kimning qo‘li borligini xabar qilishga shoshilmayapti. Demak dunyo geosiyosiy kun tartibini tuzadiganlarning boshida qandaydir o‘zgarishlar sodir bo‘layapti, deydi Lavrov.

Jurnalistning 2020-yilda AQSh prezident saylovlari yaqinilashib kelayotgani va Rossiya bunga qanday tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi savoliga Lavrov – Xavotir olmang, biz bu muammoni ham hal qilamiz, deb javob berdi.

Yangiliklar lentasi
0