Dunyoda

Putin SA podshohiga sovgʻa qilgan lochin uchun Qirgʻizistonga minnatdorchilik bildirildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin na tseremonii ofitsialnoy vstrechi s korolem Saudovskoy Aravii Salmanom ben Abdel Aziz al Saudom
Prezident RF Vladimir Putin na tseremonii ofitsialnoy vstrechi s korolem Saudovskoy Aravii Salmanom ben Abdel Aziz al Saudom - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya yetakchisi 14 oktyabrda Saudiya Arabistoni podshohiga Qirgʻizistondan keltirilgan “Alfa” laqabli lochinni sovgʻa qildi. Ertasi Abu-Dabi valiahd shahzodasi xuddi shunday sovgʻani oldi.

TOSHKENT, 13 noya – Sputnik. Rossiya tabiiy resurslar va ekologiya vaziri Dmitriy Kobilkin Qirgʻizistonga Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz As-Saud va Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zaid al-Naxayonga sovgʻa qilgan lochinlar uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar qildi.

Rossiya Federatsiyasi Tabiiy resurslar vazirligi xabar qilishicha, 8 noyabrda Bishkekda Kobilkin va Qirgʻiziston atrof muhitni muhofaza qilish va oʻrmon xoʻjaligi davlat agentligi direktori Mirslav Amanqulov atrof-muhit sohasidagi hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.

Kobilkin Qirgʻizistonning vakolatli xizmatlariga masʼuliyatli missiya oʻz vaqtida malakali bajarilgani, “Muras” Rossiya-Qirgʻizston lochin markazidan Saudiya Arabistoni podshohi va Abu-Dabi valiahd shahzodasiga lochinlarni sovgʻa qilish uchun ruxsatnomalar berilgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Lochinlar Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yaqin Sharqqa amalga oshirilgan rasmiy tashrifi paytida taqdim etdi.

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishGosudarstvennыy vizit prezidenta RF V. Putina v OAE
Putin SA podshohiga sovgʻa qilgan lochin uchun Qirgʻizistonga minnatdorchilik bildirildi - Sputnik Oʻzbekiston
Gosudarstvennыy vizit prezidenta RF V. Putina v OAE

Ikkila lochin Issiq-koʻldagi “Muras” markazida yetishtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala