Analitika

Ularning maqsadi – dunyo iqtisodining yarmi. Putin BRIKSga nima uchun bormoqda

© Sputnik / Mikhail Klimentyev / Mediabankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin na tseremonii fotografirovaniya liderov BRIKS v mejdunarodnom vыstavochnom tsentre INTEX Osaka
Prezident RF Vladimir Putin na tseremonii fotografirovaniya liderov BRIKS v mejdunarodnom vыstavochnom tsentre INTEX Osaka - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Kelayotgan yil, ayniqsa, Rossiyaning BRIKSdagi ishtiroki uchun muhimdir: sababi, 2020-yilda raislik vakolati yana Rossiyaga oʻtmoqda.

TOSHKENT, 13 noya — Sputnik, Sofya Melnichuk. Bu tashkilot siyosat bilan shugʻullanmaydi, hech kimga hech narsani uqtirmaydi va blokka oid intizomlarsiz faoliyat yuritishni maʼqul koʻradi. Shu bilan birga bu besh davlat — Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR (BRIKS davlatlari), — jahon iqtisodiyotining yarmini egallash uchun dadil qadam tashlamoqda. Hozirda hamdoʻstlik davlatlari birgalikdagi ilk oʻn yillik faoliyatga yakun yasashmoqda. Vladimir Putin Rio-de-Janeyroda hamkasblari bilan nima haqda gaplashadi - RIA Novosti materialida oʻqing.

Hindistonda BRIKS sammiti - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Hindistonda BRIKS sammiti boshlandi

Oʻsish va innovatsiyalar

Kelayotgan yil, ayniqsa, Rossiyaning BRIKSdagi ishtiroki uchun muhimdir: sababi, 2020-yilda raislik vakolati yana Rossiyaga oʻtmoqda. Moskva nimalarni ustuvor deb hisoblashi haqida Vladimir Putin 14 noyabr kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtadigan hisob boʻyicha oʻn birinchi sammitda soʻzlaydi. Yetakchilarning kelgusi uchrashuvi kelgusi yil iyul oyida Sankt-Peterburgda oʻtkazilishi belgilangan.

Hozircha ishtirokchi-davlatlar birinchi oʻn yillikdagi hamkorlikka yakun yasaydilar. Davlat rahbarlari ayrim ikkiyoqlama, mintaqaga oid va umumdunyoviy muammolarni muhokama qilishadi.

Flag s simvolikoy Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YEAES) - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
YEOII mamlakatlari yagona pul birligiga oʻtadimi - ekspert javobi

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning fikricha, dasturdan ikkita yalpi majlis, shuningdek, BRIKS ishbilarmonlar kengashi aʼzolari hamda Yangi taraqqiyot banki bilan uchrashuv va rais nomidan ishchi nonushta oʻrin olgan.

Rio-de-Janeyroda Vladimir Putin Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, XXR raisi Si Tszinpin va Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru bilan muzokaralar oʻtkazadi. JAR yetakchisi Siril Ramafos bilan uchrashuv rejalashtirilmagan: chunki ikki prezident yaqinda Sochida oʻtkazilgan "Rossiya - Afrika" sammitida bafurja muloqot qilgan edilar.

Oʻn uchinchi noyabr kuni yetakchilar sakkiz yuzga yaqin ishtirokchilarni toʻplagan BRIKS ishbilarmonlar forumini yopadilar, qatnashuvchilarning sakson nafari Rossiyadan. Bular yirik kompaniyalar, moliyaviy tashkilotlar, jamoatchilik uyushmalari hamda OAV vakillaridir.

Braziliyaga Putindan tashqari, TIV rahbari Sergey Lavrov, energetika vaziri Aleksandr Novak, harbiy-texnik hamkorlik boʻyicha federal xizmat rahbari Dmitriy Shugayev, Rossiya temir yoʻllari rahbari Oleg Belozerov, RFPI rahbari Kirill Dmitriyev, "Rosneft" rahbari Igor Sechin, "Rosatom" rahbari Aleksey Lixachev, Rossiya Taraqqiyot davlat korporatsiyasi rahbari Igor Shuvalov tashrif buyuradi.

Uglevodorodlar taqdiri

Oʻn toʻrtinchi noyabr kuni Rossiya yetakchisi hindistonlik hamkasbi bilan muloqot qiladi. Mamlakatlar oʻrtasidagi tovar aylanmasi 17,3 foizga ortib, 2018 yilda oʻn milliard dollardan ziyodni tashkil etdi. Moskva va Nyu-Dehli asosiy eʼtiborni energetika sohasidagi hamkorlikka qaratmoqda: Hindistonga uglevodorodlar eksporti asta-sekin kengayyapti. Ayni paytda tomonlar arktika qirgʻogʻiga yaqin joylarda va Rossiya Uzoq Sharqida uglevodorodlarni birgalikda qazib olish imkoni bor-yoʻqligi ustida ish olib bormoqdalar.

Rashid Alimov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Rossiya va Xitoy Markaziy Osiyoning ikki qanoti - Alimov

Kreml bayonotiga koʻra, Hindistonda Rossiyaning suyultirilgan gaziga talab kuchaymoqda, mamlakat suyultirilgan tabiiy gaz boʻyicha loyihalarni hamkorlikda rivojlantirishdan manfaatdor. ""Gazprom"ning muayyan hind kompaniyalar bilan hamkorligi katta istiqbolga ega", — deya izoh berdi prezident yordamchisi.

Rossiya-Hindiston hamkorligining tinch atom sohasidagi asosiy tashabbusi - "Kudankulam" AESining ikkinchi va uchinchi navbati qurilishi ishlari reja asosida bormoqda.

Harbiy-texnik hamkorlik ham ortda qolayotgani yoʻq. Sammitdan bir hafta oldin Hindiston mudofaa vaziri Rajnatx Singx rossiyalik hamkasbi Sergey Shoygu bilan muzokaralarda mamlakat Rossiya harbiy-sanoat majmualari bilan kooperatsiyani mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.

Xuddi shu kunning oʻzida Putin Si Tszinpin bilan muloqot qiladi. Ikki davlat 2024 yilga kelib tovar aylanmasini yiliga ikki yuz milliard dollarga yetkazmoqchi. "Xitoy — Rossiyaning eng yirik iqtisodiy sherigidir. 2018-yilda oʻzaro tovar aylanmasi 24,5 foizga ortib, rekord darajadagi 108 milliard dollar koʻrsatkichga yetdi", — deb taʼkidladi Ushakov.

Braziliya yoʻnalishidagi istiqbollar

Sammit egasi - 2019 yilning 1 yanvarida Braziliya prezidenti lavozimini bajarishga kirishgan Jair Bolsonaru bilan Vladimir Putin Osakada oʻtgan "Katta yigirmatalik" sammitida bir marta uchrashgan. Hozirda, Rossiya prezidenti yordamchisi soʻzlariga koʻra, ular oʻrtasidagi muloqot chuqur tusga ega boʻladi.

Mujchinы s portfelem v ruke. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
SSSR qulaganidan keyin yoʻqotilgan ulkan iqtisodiy bazani tiklamoqchimiz – Kupriyanov

Rossiya va Braziliya energetika, farmatsevtika, tinch atom sohasida istiqbolli loyihalarni ishga tushirishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Rossiya investitsiyalari esa uglevodorodlar razvedkasi va qazib olish ishlari, elektr energetika, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash, shuningdek, port infratuzilmasi kabi yoʻnalishlarga qaratilgan. Braziliyada 2018 yilda yigʻilgan Rossiya investitsiyalari umumiy qiymati taxminan bir yarim milliard dollarni tashkil qildi.

Braziliya — Rossiyaning Lotin Amerikasi va Karib basseynidagi asosiy savdo-iqtisodiy sheriklaridan biridir. Mamlakatlar oʻrtasidagi tovar aylanmasi 2018-yilda besh milliard dollarni tashkil qildi.

Mintaqaning yirik mamlakati ham Moskvaning muhim strategik sheriklaridan biridir. Muzokaralar vaqtida xalqaro va mintaqaga oid mavzular koʻrib chiqiladi, deya tasdiqlamoqda Kreml. Yetakchilar 10 noyabr kuni isteʼfoga chiqqan Boliviya prezidenti - Evo Morales bilan bogʻliq vaziyatni muhokama qiladilar. Ushbu qarorni qabul qilishga majbur boʻlgan Morales Meksikaga uchgan.

Asosiy vazifalar

Sammit yopiq majlisdan boshlanadi va bunda gap xalqaro barqarorlik, xavfsizlik, savdo va mablagʻlar toʻgʻrisida kechadi.

Kutilishicha, Vladimir Putin BRIKS uchun ustuvor vazifalarni muhim, deb bilishi haqida soʻzlaydi, dunyoda roʻy berayotgan voqealarga, xususan, AQShning qurol-aslahalar ustidan nazorat tizimini barbod qilishga qaratilgan harakatlariga baho beradi. U shuningdek, Rossiyaning mintaqaviy mojarolarni tartibga solish boʻyicha pozitsiyasini bayon etadi.

AQSH prezidenti Donald Tramp va birinchi xonim Melanya Tramp, Gamburg aeroportida - 6 iyul, 2017 - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Katta yigirmatalik" sammiti: AQSH, Rossiya va Xitoy nimani muhokama qiladi?

"Davlat rahbari BRIKS davlatlari hamkorligini iqtisodiy trekda: yaʼni Butunjahon savdo tashkiloti, Butunjahon banki, Xalqaro valyuta fondi doirasida yanada chuqurlashtirish tarafdori ekanligini bildirdi", - deya izoh berdi Yuriy Ushakov.

Shuningdek, davlatlar rahbarlari BRIKS ishbilarmonlar kengashi ishtirokchilari hamda Yangi taraqqiyot banki rahbariyati bilan uchrashadilar. Kengash ishtirokchilari va YATB vakillari tuzilmalar faoliyati haqida dokladlarni taqdim etishadi. YATB besh yil oldin tashkil etilgan boʻlib, hujjatlar Braziliyaning Fortalezesida oʻtkazilgan sammitda imzolangan edi.

Oʻshanda BRIKS davlatlari shartli valyuta zaxiralari tashkil etilgandi.

Hozirda, shtab-kvartirasi Xitoyda joylashgan YATB umumiy summasi 11,6 milliard dollardan ortiq boʻlgan 42ta yirik loyihani maʼqullagan. Ular - birlashma ishtirokchi-davlatlari hududlarida amalga oshiriladi. Loyiha byudjeti taxminan 1,8 milliard dollarga yaqin boʻlgan yettita tashabbus, 12 noyabr kuni YATB Yevroosiyo mintaqaviy markazi ochilgan Rossiyada amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Manfaatlar klubi

"Avvaliga albatta, hech kim BRIKS taraqqiy etishini kutmagandi, nega deganda, bu xalqaro birlashmaning yetarli darajada ekzotik shakllaridan biri edi. Avval hech qanday yaqin aloqalarda boʻlmagan, buning ustiga turli mintaqalarda joylashgan mamlakatlar uning tarkibiga kirgan edi", — deya qayd etdi RIA Novosti bilan muloqotda MGIMO xalqaro tadqiqotlar instituti rahbari Aleksandr Orlov.

AQSH prezidenti Barak Obama katta yigirmatalik sammitida - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
"Katta yigirmatalik" sammitining janjalli tafsilotlari

Oʻn yil oldin BRIKSdagi ishtirok tashqi siyosiy omil hamda sheriklar bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish imkoniyatiga aylangan edi va bu hozir ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan, deb hisoblaydi ekspert.

BRIKS oʻz faoliyatini davom ettirmoqda, chunki ishtirokchi-davlatlarning tashqi siyosiy manfaatlarini aks ettiradi. Ammo istiqbollar masalasida meʼyorni bilish lozim, deb hisoblaydi RIA Novosti suhbatdoshi. Rasmiy tashkilotlar qiziqishlarga mos ohangda klublar bilan oʻrin almashayotgan bir vaqtda birlashma zamonaviy tashqi siyosatning umumiy anʼanalariga mos tushadi. BRIKS - ana shunday klublardan biridir.

Yangiliklar lentasi
0