OTB O‘zbekistonga ipoteka kreditini rivojlantirishga 500 mln $ berishga tayyor

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishJiloy dom v Moskve
Jiloy dom v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sardor Umurzakov Osiyo Taraqqiyot Banki prezidenti Takexiko Nakao bilan o‘zaro hamkorlikning bugungi kundagi holati va uni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qildi.

TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor  Umurzakov Osiyo Taraqqiyot Banki prezidenti Takexiko Nakao bilan uchrashdi. Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikning bugungi kundagi holati va uni yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

ABR pomojet Uzbekistanu s vipuskom obligatsiy v nasvalyute - Sputnik O‘zbekiston
OTB O‘zbekistonga milliy valyutadagi obligatsiyalarini chiqarishda yordam beradi

Vazirlik xabariga ko‘ra, uchrashuvda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘lgan qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, suv resurslarini boshqarish va moliya sektori bugungi kunda mavjud salohiyatni qamrab olmasligi ta’kidlab o‘tildi.  Shu sababdan yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish taklifi bildirildi.

OTB prezidenti qo‘shimcha investitsiya resurslarini taqdim etish orqali mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy o‘zgarishlarni kompleks qo‘llab-quvvatlash uchun o‘zaro manfaatlar doirasini davom ettirish va kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, OTB iqtisodiy tartibga solish va ipoteka krediti bozorini rivojlantirishga 500 million dollar ajratishi mumkinligi ma’lum qilindi.

Yangiliklar lentasi
0