Iqtisod

Qirgʻiziston Oʻzbekistondan meva olib kirishni cheklashi mumkin

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Fotobankka oʻtishFruktы i ovoщi na tsentralnom kolxoznom rыnke v Krasnodare
Fruktы i ovoщi na tsentralnom kolxoznom rыnke v Krasnodare - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qirgʻiziston Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekistondan meva-sabzavot olib kirishni taʼqiqlab qoʻymoqchi, gap nimada?

TOSHKENT, 14 noya – Sputnik. Qirgʻiziston Qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vazirligi Oʻzbekistondan ayrim mahsulotlarni olib kirishni taʼqiqlab qoʻyishi mumkin, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirgʻiziston.

Muassasa xabariga koʻra, yil boshidan buyon Oʻzbekiston tomonidan yuborilgan yuklarda 356 marotaba YEOII talablarning buzilish holatlari aniqlangan. Ular orasida 10 marotaba zararlangan mahsulotlar aniqlangan.

Zona tamojennogo kontrolya, aeroport Minsk - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
YEII hududiga olib kirish taqiqlangan karantin mahsulotlar haqida maʼlumot

Xususan, Oʻzbekistondan olib kelingan anorlarda “sharq meva qurti” (Grapholita molesta) aniqlangan. Ushbu hashorot boshqa navli mevalar uchun ham xavfli hisoblanadi. Vaholanki, ushbu mahsulotlar Miliy oʻsimliklar karantini tashkiloti tomonidan berilgan sertifikatlar asosida qirgʻizistonga yetkazib berilgan.

Undan tashqari, 12 noyabr kuni Dostuk chegara postida 35 tonna xurmo, behi, noʻxatdan iborat mahsulot amal qilmaydigan fitosanitar sertifikati va qaodoqlari markirovkasiz holda olib oʻtilayotgani aniqlangan.

“YEOII talablariga binoan va Qirgʻiziston qonunchiligiga koʻra tizimli ravishda karatntinli mahsulotlar olib kirish holatlari aniqlanganda Oʻzbekistondan ushbu mahsulotlarni olib kirishga vaqtinchalik cheklov qoʻyilishi mumkin”, - deyilgan vazirlik xabarida.

Ushbu munosabat bilan Qirgʻiziston Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekistonda oʻsimliklar karantiri bilan shugʻullanuvchi tashkilotga ogohlantiruvchi xat yuborgan.

Yangiliklar lentasi
0