Qozoq kompaniyasi Toshkentdagi “Aqlli shahar” loyihasini amalga oshirishda yordam beradi

© Sputnik / A. Varfolomeyev / Mediabankka o‘tishProspekt imeni Mirzo-Ulugbeka v Tashkente
Prospekt imeni Mirzo-Ulugbeka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Open Technologies Group” kompaniyasi vakillari o‘zlari taqdim etayotgan dasturiy ta’minot mahsulotlarining xususiyatlari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berishdi.

TOShKENT, 14 noya - Sputnik. Toshkent shahar hokimi Qozog‘istonning “Open Technologies Group” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi va ular bilan “Aqlli shahar” loyihasini amalga oshirish hamda turli sohalarda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash masalasini muhokama qildi.

Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda yo‘llardagi xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan loyiha atroflicha muhokama qilingan. Qozoq kompaniyasi vakillari o‘zlari taqdim etayotgan dasturiy ta’minot mahsulotlarining xususiyatlari bo‘yicha atroflicha ma’lumot berishdi.

Vid na telebashnyu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Artikxodjayev Toshkent missiyasi haqida: poytaxt aqllilar shahriga aylanishi kerak

Qayd etilishicha, bu tizim nafaqat yo‘llardagi harakatlanishni nazorat qiladi, balki yuqori texnologiya sabab shaxsni tanish mumkin. Shuningdek, uning yordamida shahardagi avtoulovlar oqimi, ularning tezligini aniqlash mumkin. Buyurtmachining talabiga ko‘ra, boshqa funksiyalarni ham kiritsa bo‘ladi.

Uchrashuvda raqamli texnologiyalarni ijtimoiy sohalar, jamoat transporti tizimi va boshqa yo‘nalishlarda qo‘llash bo‘yicha ham fikr almashildi.

Qozog‘istonning “Open Technologies Group” kompaniyasi yuqori texnologik uskunalarni ishlab chiqarish va innovatsion dasturiy ta’minot mahsulotlarni tayyorlashda yetakchilardan hisoblanadi. Hozirda ularning tizimi Qozog‘iston turli shaharlarida samarali ishlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0