Airbus vertolotlari o‘zbek armiyasini qanchalik kuchaytiradi

© Sputnik / Mariya NaumenkoVertolet Airbus VVS Uzbekistana
Vertolet Airbus VVS Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun o‘zbek HHK 73 dona vertolotga ega bo‘lib, ulardan 25 tasi - zarba beruvchi vertolotlardir. Harbiy transport vertolotlarining kamida yarmini Airbus Helicopters kompaniyasi yetkazib bergan, deb yozadi harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko.

O‘zbekiston harbiy-havo kuchlari vertolot parki texnikani yetkazib berish diversifikatsiyasining o‘ziga xos xususiyatini aks ettiradi: Rossiyada ishlab chiqarilgan Mi-35 og‘ir zarba vertolotlari va Airbus Helicopters firmasining yengil ko‘p nishonli AS-532 (harbiy-transpot) vertolotlari kattagina miqdorni tashkil qiladi.  

Tankoviy biatlon - poligon Chirchik - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadan O‘zbekistonga harbiy texnika yetkazib berilishi mintaqada xavfsizlikni kuchaytiradi

Gar Rossiyaning Mi-35M o‘zining jangovar zarba xususiyatida yetakchi deb tan olinib, hech qanday savol tug‘dirmasa, AS-532 transport vertoloti borasida hamma narsa tushunarli emas.

Forecast International tahliliy nashr ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston AS-532 vertolotlariga ikkinchi buyurtmani joylashtirgan. Toshkent Eurocopter France (ayni vaqtdagi Airbus Helicopters - Airbus Group konserni sho‘ba korxonasi) bilan 8 dona AS-332 Super Puma harbiy transport vertolotlari va sakkiz dona yengil AS 350 Ecureil vertolotlarini yetkazib berish bo‘yicha birinchi shartnomani 2013-yilda imzolagan (shartnoma summasi 180 million yevroga etishi mumkin).

Airbus Helicopters vertolotlarining Markaziy Osiyoga safari oson kechmadi. 2014-yil yozda O‘zbekistonga ikki dona AS-350 Ecureil yengil transport vertolotlari yetib keldi, qolganlari armiya o‘quv mashg‘ulotlarida 2016 yil fevralda "ko‘rinish berdi". Shartnoma ijrosi Germaniyadan sheriklar tomonidan, ehtimol, siyosiy sabablarga asosan kechiktirildi. Ammo 2019-yilga kelib, O‘zbekiston anglashuv memorandumini imzoladi, hujjatga ko‘ra, endi Airbus Helicopters kompaniyasidan 30 donaga yaqin ko‘pnishonli AS-550 Fennec rusumidagi vertolotlarni xarid qilish mumkin edi.

Evakuatsiya postradavshego v Kashkadarinskoy oblasti vertoletom - Sputnik O‘zbekiston
“Vertolot kerak bo‘lsa, Mudofaa vazirligidan olib turamiz” — FVV

Tor ixtisoslik

Bugun O‘zbekiston HHK 73 dona vertolotga ega bo‘lib, ulardan 25 tasi - zarba beruvchi vertolotlardir. Harbiy-transport vertolotlarining kamida yarmini Airbus Helicopters kompaniyasi yetkazib berdi.

AS-332, AS-350, AS-532 rusumidagi vertolotlardan iborat salmoqli parkning ma’lum bir (hech bo‘lmaganda xizmat ko‘rsatish bo‘yicha) yetkazib beruvchiga tobeligini hamda O‘zbekiston Germaniya va Fransiya bilan harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishini belgilab beradi.

Qurol va texnika imkoniyatlari qo‘shinlar taktikasini shakllantiradi. Ushbu bog‘liqlik evaziga Toshkent qanday jangovar opsiyalarga ega bo‘lmoqda?

Vertolotlar chempionlik xususiyatiga ega emas. Sal oldin yodga olingan Eurocopter AS550 Fennec vertolotlari turli mamlakatlar armiyalari tomonidan asosan hudud razvedkasi, maxsus operatsiyalar, qidiruv-qutqaruv operatsiyalari, shaxsiy tarkibni tashish (4 nafar harbiy xizmatchini, ikki uchuvchidan tashqari), shuningdek, umumiy og‘irligi 1030 kilogacha bo‘lgan yuklarni tashishda ishlatiladi.

Peredacha Ukraine katerov beregovoy oxrani klassa Island - Sputnik O‘zbekiston
Foydalanishda bo‘lgan - AQSh Ukrainaga qanday katerlar "sovg‘a qildi"

Modifikatsiyasiga qarab, uchar qurilma 20 mm aviatsiya to‘pi (7,62 mm yoki 12,7 mm kalibr o‘q), raqibning qurolli bo‘linmalariga qarshi va yengil zirhli texnikasini yo‘q qilish uchun boshqariladigan va boshqarilmaydigan raketalar bilan jihozlanishi mumkin.

Biroq, ochiq to‘qnashuvlarda zirh yo‘qligi sababli, Eurocopter AS550 Fennec, qoidaga ko‘ra, ishtirok etmaydi.

Umuman olganda, Airbus Helicopters vertolotlari texnologik jihatdan teng raqib (mustamlaka mentalitetidan meros) bilan shiddatli janglar uchun yaratilmagan.

Vertoletlarning oldingi versiyalari fuqarolarni tashish ishlarida o‘zini yaxshi namoyon etdi. Misol uchun, AS-332 Super Puma (harbiy varianti 1990-yilda AS-532 Cougar, rebrendingdan keyin - Airbus Helicopters H215 deya ifodalangan) deyarli yarim asr davomida o‘nlab mamlakatlarga yetkazib berilgan. Ayniqsa, dengiz ustidan uchishda o‘zini yaxshi ko‘rsatgan (480 km masofada joylashgan neft qazib oluvchi dengiz platformalariga xizmat ko‘rsatish ishlarida).  

Emotsii voyennix iz Uzbekistana posle pobedi v Tankovom biatlone na ArMI-2019 - Sputnik O‘zbekiston
Quvonch ko‘z yoshlari, raqs va do‘ppilar: o‘zbek tankchilari g‘alabani qanday qarshi olishdi

Bunday mashinalar Markaziy Osiyoda eng kuchli bo‘lgan O‘zbekiston armiyasiga kerakmi yoki yo‘q (Global Firepower reytingiga ko‘ra) - bu katta masala.

Qanday bo‘lmasin, yaqin o‘n yillikda Toshkent qayta qurollanish uchun 7 milliard dollar sarflashni rejalashtirmoqda va Airbus Helicopters mintaqa bozori uchun kurashni davom ettiradi.

Jangovar qo‘llanish

So‘nggi o‘n yilliklardagi Fransiya-Germaniya kompaniyasining temir "Puma"lari harbiy mojarolarda ishtirok etdi, ammo yerdan bo‘ladigan zarbalarga juda zaifligi sababli katta shon-shuhrat qozona olmadi. Masalan, Quvayt Harbiy-havo kuchlari 1990-yilda Quvayt-Iroq o‘rtasida ikki kun davom etgan harbiy mojaroda 3 dona AS-332 Super Puma vertolotlarini boy berdi. "Cho‘l qalqoni" nomli operatsiya vaqtida Saudiya Arabistoni Harbiy havo kuchlariga tegishli bo‘lgan yana bir "superpuma" quladi.  

Angolaga bosqin vaqtida Janubiy Afrika armiyasi 5 dona SA-330 Super Puma va 3 dona SA-316 Alouette III vertolotlarini yo‘qotdi.

Vertoleti nanosat udar s vozduxa po pozitsiyam boyevikov v ramkax ucheniy Sentr-2019. - Sputnik O‘zbekiston
"Markaz-2019" mashg‘ulotlarining pinhona ma’nosi va real yakunlari: G‘arb nega bezovtalandi

Bu mashinalar zenit zarbasi ("Strela-2M", ZSU-23-4 "Shilka", ZRK "Strela-1", "Strela-10", "Osa") dosh bera olmadi va ko‘pincha o‘q zarbalaridan teshilgan, ekipaj a’zolari o‘ldirilgan va jarohat olgan holatda qaytar edi. Vertolotlarning yangi avlodi avvalgilarining asosiy (konstruktiv) nuqsonlari - ekipaj himoyasizligi, past jangovarlik xususiyat singari kamchiliklarni meros qilib olgan edi.

Taqqoslash uchun, Rossiyaning ko‘pnishonli Mi-17V-5 vertoloti (Mi-8ning eksport analogi) jangovar holatda ancha ishonchli, unga texnik xizmat ko‘rsatish ham oson, qolaversa, keng ko‘lamli vazifalarni bajarish borasida dunyoda tengsizdir.

Modifikatsiyalar va ishlab chiqarilgan mashinalar soni bo‘yicha ham jahon rekordchisi hisoblanadi – 12 ming dona (Airbus Helicopters kompaniyasi sentabr oyida bir necha o‘n yillikda endigina Super Puma oilasiga mansub 1000-vertoletni yetkazib berganini e’lon qilgan edi)

Voinskiy kontingent Uzbekistana pribil dlya uchastiya v uchenii Sentr-2019 - Sputnik O‘zbekiston
"Markaz – 2019" strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quvlari ochilish marosimidan video

Mi-17V-5 turli iqlim sharoitlarida jangovar operatsiyalarni amalga oshira oladi, 4 tonnagacha foydali yuk (yoki qurollangan 24 jangchini) tashishga qodir. Rossiya mashinasi qo‘shinlarni zarba berish tomondan qo‘llab-quvvatlash, desant yetkazib berish, o‘q-dorilar zaxirasini tashishda xizmat ko‘rsatishi mumkin. E’tiborga molik jihati, amerikaliklar 2011-yil (tog‘ va cho‘llarda shiddatli jang o‘tkazish maqsadida) afg‘on armiyasi uchun 63 ta Mi-17V-5 vertolotlarini sotib olgan va buning uchun 1,3 milliard dollarni ayashmagan edi.

Fikrimcha, Rossiyada ishlab chiqarilgan buzilmaydigan ko‘pnishonli vertolotlar O‘zbekiston armiyasiga Airbus Helicopters mahsulotidan ko‘ra ko‘proq mobillik va naf keltirgan bo‘lardi.

Yangiliklar lentasi
0