TOSHKENT, 15 noya – Sputnik. Minskda Ravon brendi taqdimoti oʻtkazildi va Belarusda avtomobil sotilishiga start berdi.
Taʼkidlanishicha, Ravon R2, Ravon Nexia R3 va Ravon R4 avtomobillari taqdim etilgan.
Undan avval, belaruslik jurnalistlari Ravon R2, R3 va R4 avtomashinalarda Oʻzbekistondan Belarusga 25 oktyabr kuni avtopoygasi boshlangandi. Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Rossiya va Belorus hududlaridan oʻtuvchi poyga poygada Ravon R2, R3 hamda R4 avtomobillari ishtirok etdi.
Toʻqqiz kun ichida yengil mashinalarda ular yetti ming kilometrni bosib oʻtishdi. Yoʻnalish Andijon, Samarqand, Buxoro va Orol dengizi hududidan oʻtdi.
Belorusda Ravon avtomobillari kompaniyaning UzAuto Motors – “Multimotors” rasmiy dileri tomonidan sotiladi.