Toshkentda yangi yo‘l chizmasi paydo bo‘ldi

© IIBBNovaya razmetka na perekrestkax Tashkenta
Novaya razmetka na perekrestkax Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentning gavjum chorrahalarida vafel chizmasi bilan bir xil kuchga ega bo‘lgan yangi chizma paydo bo‘ldi.

TOShKENT, 15 noya – Sputnik. Toshkentda yana bir yo‘l chizmasi sinov tariqasida qo‘llanilmoqda, deb xabar qilmoqda IIBB.  

Yangi chizma chorraha chegarasini belgilaydigan ikki sariq rangdagi chiziqlarning kesishmalaridan iborat. Uning talabi o‘tgan hafta paydo bo‘lgan vafel chizmasi bilan bir xil – ta’qiqlovchi belgi amal qilgan chorrahani band qilmaslik.

Chizma mavjud chorrahalar harakat yo‘lagida tirbandlik hosil bo‘lgan bo‘lsa, haydovchi chizma ustida harakatlanmasdan to‘xtaydi va orqadagi avtomobillarni ham to‘xtashga majbur qiladi. Ushbu belgilarni joriy etishdan maqsad - yo‘llardagi tirbandliklar bilan kurashish, - deyilgan xabarda.

Tirbandliklarga qarshi kurashish uchun bir nechta katta chorrahalarda sinov chizmalaridan tashqari o‘ng tomonga buriluvchilar uchun “cho‘ntaklar” tashkil etilib, chorrahalardagi holat yanada yengillashadi.

IIBB yangi chizmalarga bugunoq ularga amal qilishni boshlashni so‘raymiz: boshqalarga ibrat bo‘lish bilan birga tez orada yuzaga kelgan qulaylikning guvohi bo‘lasiz, deyilgan xabarda.

© GUVD TashkentaRazmetka
Toshkentda yangi yo‘l chizmasi paydo bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Razmetka
Yangiliklar lentasi
0