Rossiya chegarasini buzgan harbiy kemalar Ukrainaga qaytariladi

© Press-slujba pogranichnogo upravleniya FSB RF po Respublike Krim / Mediabankka o‘tishZaderjannie ukrainskie korabli dostavleni v port Kerchi
Zaderjannie ukrainskie korabli dostavleni v port Kerchi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qrimdagi kuch tuzilmalari “Berdansk”, “Nikopol” va “Yani Kapu” kemalarini Ukrainaga qaytarib beriladi.

TOShKENT, 18 noya – Sputnik. Bir yil oldin hibsga olingan Ukraina harbiy kemalarining Kiyevga topshirilishi yarashish istagini anglatadi, dedi Qrim parlamentining xalq diplomatiyasi va millatlararo munosabatlar qo‘mitasi rahbari Yuriy Gempel. RIA Novosti xabariga asosan.

Yuriy Shvitkin - Sputnik O‘zbekiston
Kerch bo‘g‘ozidagi holat AQSh tomonidan sahnalashtirilgan - Shvitkin

Ilgariroq Qrimdagi kuch tuzilmalari Kerchdagi to‘xtash joyidan Ukraina tomoniga berilishi uchun “Berdansk”, “Nikopol” va “Yani Kapu” kemalari ketayotgani haqida xabar berilgan.

“Mantiqan bu to‘g‘ri qaror va prezident boshchiligidagi Ukraina hukumatiga jiddiy belgi. Bu Rossiya Federatsiyasining qo‘shni sherikchilik munosabatlarini yaxshilash, shuningdek, shuningdek, xalqaro kun tarbidagi masalalarni umumiy tushuncha topish yo‘lidagi muhim qadamdir,”, - deydi Gempel.

Kerch bo‘g‘ozidagi provokatsiya

2018 yil noyabrda Ukraina harbiy dengiz kuchlariga qarashli bo‘lgan uchta kema Rossiya davlat chegaralari buzdi va Rossiya hukumatining qonuniy talablariga rioya qilmasdan bir necha soat davomida xavfli manevrlarni amalga oshirdi.

Chegarachilar qoidabuzarlarni ushladi. Kemalar bortida jami 24 harbiy bo‘lgan, ular ichida 2 xavfsizlik xizmati xodimi.

Sud barcha harbiy xizmatlarni davlat chegarasini buzgani uchun hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqardi.

Joriy yil 7-sentabrida chegarani buzgan harbiylar mahkum etilganlarni ozod qilish to‘g‘risidagi bitimlar doirasida Ukrainaga topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0