Hodisalar

Oʻzbekistonlik jihodchi 9 yilga qamaldi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Fuqaro dastlab jangarilar tayyorlash lagerida qurol-yarogʻ hamda portlovchi qurilmalar bilan ishlash usullarini oʻrgangan. 2012-2013 yillar davomida “Nosir” taxallusi ostida Pokiston hukumati qoʻshinlariga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etgan.

TOSHKENT, 18 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Oliy sudi 33 yoshli andijonlik B.M.ni 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.

Maʼlum qilinishicha, fuqaro Moskva viloyatining Serpuxov rayoniga ishlash uchun borgan.  2011 yilning dekabr oyiga qadar fargʻonalik A. va andijonlik U. ismli shaxslar bilan birgalikda qurilish ishlarida ishlaydi.

Ikki shaxs “Jihodchilar” diniy ekstremistik tashkilotining “Moskva jamoati” aʼzolari boʻlgan va ular asta-sekin B.ni “hijrat”, “jihod” qilishga daʼvat etishgan. Natijada B. ularga ergashib, “Jihodchilar” oqimining “Moskva jamoati” aʼzosiga aylanadi.

Ruki v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Fargʻonalik yigit Suriyada terrorchilar safida jang qilgani uchun 15 yilga qamaldi

2011 yil dekabr oyida esa u Pokistonning Mir-Ali shahriga borib, “Turkiston islom harakati” xalqaro terroristik tashkilotiga qoʻshiladi.

Dastlab u jangarilar tayyorlash lagerida qurol-yarogʻ hamda portlovchi qurilmalar bilan ishlash usullarini oʻrganadi. Soʻngra 2012-2013 yillar davomida “Nosir” taxallusi ostida Pokiston hukumati qoʻshinlariga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etadi. “Turkiston islom harakati” tashkiloti Pokiston qurolli kuchlarining jiddiy qarshiligiga uchragach, 2014 yilning noyabr oyida ular Afgʻonistonga oʻtishadi.

2015 yilning oxirida B.M. “Islom davlati Xuroson viloyati” terroristik guruhi safiga qoʻshilib, 2016-2018 yillarda guruh aʼzolariga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatish bilan shugʻullanadi.

2019 yilning 3 aprel kuni B.M Oʻzbekistonga qaytarilgan va u sodir etgan qilmishlari atroflicha koʻrib chiqilgan. Sud uni 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum etdi.

Yangiliklar lentasi
0