Jahon banki O‘zbekistonga qishloqlarni rivojlantirish uchun qarz beradi

© Flickr / Robert WilsonSelskiy dom v Uzbekistane
Selskiy dom v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jahon banki O‘zbekistonga qishloqlarni rivojlantirish uchun 100 mln dollar qarz beradi. Mahalliy fuqarolar yig‘inlari loyiha mablag‘larini qaysi infratuzilma loyihalariga yo‘naltirishni mustaqil ravishda hal qiladi.

TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Jahon banki O‘zbekistonga qishloq joylardagi ijtimoiy infratuzilma va kommunal xizmatlarning sifatini yaxshilash uchun 100 mln dollar qarz beradi. Bu haqda bankning Toshkentdagi vakolatxonasi xabar qildi.

Jiloy dom v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
OTB O‘zbekistonga ipoteka kreditini rivojlantirishga 500 mln $ berishga tayyor

Pullar Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi mablag‘idan (Jahon banki guruhiga kiruvchi tashkilot) ajratiladi. Ushbu mablag‘lar “Obod qishloq” loyihasini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.

Loyiha Andijon, Farg‘ona, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi 300ga yaqin qishloqni qamrab oladi. Mahalliy fuqarolar yig‘inlari (mahallalar) loyiha mablag‘larini qaysi infratuzilma loyihalariga yo‘naltirishni mustaqil ravishda hal qiladi.

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ushbu loyiha doirasida O‘zbekistonga 82 million dollar miqdorida kredit shaklidagi qo‘shimcha moliyalashtirish taqdim etishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda 478 ta qishloqlarda obodonlashtirish ishlari uchun 4,8 trillion so‘m sarflanadi

O‘zbekiston JBga 1995-yilda a’zo bo‘lgan. Bank o‘tgan davr mobaynida mamlakatga xususiylashtirish, moliya sektorini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, elektr energiyasi, ijtimoiy infratuzilmani takomillashtirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim sohasidagi qirqqa yaqin loyihalarni amalga oshirish uchun 4,1 milliard dollar qarz va kredit bergan.

Yangiliklar lentasi
0