Jamiyat

Yoshlar oʻqituvchi boʻlishni istaydi – XTV

© SputnikUchitelya iz Uzbekistana v Moskve
Uchitelya iz Uzbekistana v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston yoshlari oʻqituvchi kasbining mavqei va maoshlari oshib bormoqda deb hisoblaydi - Xalq taʼlimi vazirligi soʻrovi.

TOSHKENT, 19 noya - Sputnik. Oʻqituvchi boʻlishni istaydigan yoshlar soni ortmoqda, deb xabar qildi Xalq taʼlimi vazirligi.

Vazirlik oʻtkazgan soʻrovga koʻra, soʻralgan 4,5 ming nafar yoshlardan 59 %i – oʻqituvchi kasbini tanlash istagi borligini bildirgan. Ulardan 21 %i davlat maktablarida, 8 %i - xususiy maktablarda va 7 %i - xususiy oʻquv markazlarida ishlashni xohlashini maʼlum qilgan.

Vazirlik xulosasiga koʻra, bunday boʻlishiga soʻnggi vaqtlarda jamiyatda oʻqituvchilar mavqeining oshib borayotgani sabab boʻlgan. Soʻralganlarning koʻpchilligi oʻgʻil-qizlar aynan davlat maktablarida ishlash istagida ekanligini bildirgan.

Shuningdek, oʻqituvchi kasbini tanlash sababi sifatida - yoshlarning aksariyati oʻqituvchilar mavqeini oshishi bilan izohlagan. Soʻralganlarning 51 %i aynan shu sababni aytishgan. Shuningdek 10 % respondentlar maoshlar oshayotganini, 34 % - esa bolalar bilan ishlashni yaxshi koʻrishini aytgan.

Oʻqituvchilarning jamiyatdagi mavqeini yomon deb hisoblaydiganlar 5 %, yaxshi deydiganlar esa – 28 %ni tashkil qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala