TOSHKENT, 21 noya – Sputnik. National Interest nashri Rossiyaning katta kalibrli ASH-12 hujum avtomatiga yuqori baho berdi. Uni jang maydonidagi dahshat deb atadi.
Maqola muallifi taʼkidlashicha, avtomat FXX kuchishlatar boʻlinmalari uchun ishlab chiqarilgan va otish masofasi unchalik muhim boʻlmagan holatlarda qoʻllashga moʻljallangan.
STS-130 patron katta kalibrli 12,7×55 mm nishonlarni tezkorlik bilan yakson qila oladi. Bu qisqa masofadagi taktik maqsadlarni hal qilishga yordam beradi.
Muallif oʻqlarning turiga ham eʼtibor qaratdi: zirhni teshadigan oʻqlar, qobiqli va tandem ikki oʻqli.
Uning fikriga koʻra, bu qurolning taktik jihatdan koʻp maqsadli ekanligidan dalolat beradi.