O‘zbekistonlik talaba o‘qishi no‘noq talabalarni aniqlaydigan dastur yaratdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaStudent 4go kursa INXA Abdulla Askarov
Student 4go kursa INXA Abdulla Askarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kashfiyot allaqachon patentlashtirilgan va ayni vaqtda INXA talabalari tizimni amaliyotda joriy etish ustida ish olib borishmoqda.

TOShKENT, 21 noya – Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Toshkentdagi INXA universiteti to‘rtinchi bosqich talabasi Abdulla Asqarov sun’iy ko‘rishga asoslangan noyob tizimni yaratdi. C vision deb nomlanuvchi ushbu kashfiyot O‘zbekiston universitetlarida ta’lim sifatini aniqlash imkonini beradi.

Kashfiyot allaqachon patentlashtirilgan va ayni vaqtda INXA talabalari tizimni amalda joriy etish ustida ish olib borishmoqda.

Ta’kidlanishicha, talabaning ishlanmasi inson yuzidagi his-tuyg‘u alomatlariga qarab, u yoki bu dars qay darajada sifatli o‘tilayotganini aniqlashtirishga yordam beradi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaQizil chiziqlar talabalarning qanchasi muayan nuqtaga va qancha vaqt davomida tikilib turganini ko‘rsatadi. Agar talaba bir nuqtaga uzoq tikilsa, demak u nimanidir yaxshi anglay olmayapti, deydi kashfiyotchi Abdulla Asqarov.
O‘zbekistonlik talaba o‘qishi no‘noq talabalarni aniqlaydigan dastur yaratdi - Sputnik O‘zbekiston
Qizil chiziqlar talabalarning qanchasi muayan nuqtaga va qancha vaqt davomida tikilib turganini ko‘rsatadi. Agar talaba bir nuqtaga uzoq tikilsa, demak u nimanidir yaxshi anglay olmayapti, deydi kashfiyotchi Abdulla Asqarov.

Shuningdek, ushbu tizim yordamida talabalarning necha nafari baxtli, qanchasi neytral, kimga o‘tilayotgan fan yoqmayotgani singari statistikani ham aniqlashga yordam berishi ta’kidlanmoqda.

"Biz har bir talaba uchun individual statistikani chiqarib berishimiz mumkin - ya’ni u nimani tushunmayapti va bu holat qay vaqtda yuzaga kelmoqda. Shu tariqa, yangi tizim orqali talabalarga tavsiyalar berilishi mumkin. Balki unga umuman boshqa mutaxassislik mos kelar, deylik... Shuningdek, tizim o‘qituvchilarga ham ular o‘z prezentatsiyalarini yanada yaxshilashlariga xizmat qiladi", - dedi Asqarov Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda.

Bolshoy etnograficheskiy diktant v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Kelgusi yili kirish imtihonlari qanday murakkablikda bo‘ladi – DTM izohi

Talabaning tan olishicha, ushbu ixtironi yaratishga mamlakatdagi ta’lim darajasi turtki bo‘lgan.

"Hozirda ta’lim sohasida biznes madaniyat jadal rivojlanmoqda. Har bir tashkilot o‘z iste’molchilarini yaxshiroq anglash uchun sifatli ma’lumotlarga ehtiyoj sezadi. O‘ylaymizki, ushbu tizim O‘zbekistonda ta’lim sifatini yaxshilashga xizmat qiladi, qolaversa, uni joriy etish bilan xususiy biznes bilan bir qatorda talabalarga ham yordam bergan bo‘lamiz", - dedi INXA talabasi.

Yangi tizimni davlat organlari tuzilmalarida sinab ko‘rish rejalashtirilmoqda. Masalan, xavfsizlik sohasida. Talabaning ta’kidlashicha, C vision bir vaqtni o‘zida odam eng ko‘p yig‘iladigan joylarda 20 ming nafargacha chehralarni analiz qilish orqali "shubhali" shaxslarni aniqlash imkoniga ega. Tizim 98% holatda to‘g‘ri ishlaydi, deydi Asqarov.

Hozircha yangi kashfiyotni OTM imtihonlarida joriy etish belgilangan.

"Bilasizki, oliy ta’lim muassasalariga davlat imtihonlari boshlangan vaqtda juda ko‘p mablag‘ abituriyentlarni tekshiradigan xodimlar uchun sarflanadi. Qolaversa, bunda inson omili ham rol o‘ynashi mumkin. U yoki bu abituriyent "tanish-bilish" orqali shpargalka olib kirgan, degan gumonni to‘liq rad etolmaymiz. Bu tizim esa bu singari muammolarni yo‘qqa chiqarishga xizmat qiladi, deya ishontirmoqda kashfiyotchi-talaba.

Yangiliklar lentasi
0