O‘zbekiston “Skolkovo”da o‘zining startaplari qo‘llab-quvvatlanishiga umid qilmoqda

Obuna bo‘lish
Innovatsion rivojlanish vaziri “Skolkovo” jamg‘armasi raisi bilan uchrashdi. Tomonlar qo‘shma istiqbolli loyihalarni muhokama qilishdi.

TOShKENT, 21 noya - Sputnik. Innovatsion rivojlanish vazirligi va “Skolkovo” innovatsion markazi o‘rtasida kelishuv imzolandi, deya xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Kelishuv o‘zbek startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va markazdagi xalqaro gimnaziyasida yoshlarni o‘qitish, o‘zbek mutaxassislarining malakasini oshirishni nazarda tutadi.

Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda dasturchilar uchun bepul onlayn kurslar ochilmoqda

Hujjat, xususan, O‘zbekistondagi startap loyihalarining “Skolkovo” innovatsion markazida o‘tkaziladigan demo-kunlarda ishtirok etishini nazarda tutadi.

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Rossiyaning “Skolkovo” innovatsion markaziga tashrif buyurib, “Skolkovo” jamg‘armasi raisi Arkadiy Dvorkovich bilan uchrashdi. Tomonlar qo‘shma istiqbolli loyihalarni muhokama qilishdi.

Shavkat Mirziyoyev texnoparkning yangi bosqichi qurilishiga tamal toshi qo‘ydi

Kelgusi yilning ikkinchi yarim yilligida “Skolkovo“ innovatsion markazining yetakchi mutaxassislari O‘zbekistonga tashrif buyurib, mamlakat startap ekotizimi vakillari uchun o‘quv kurslari tashkil etishadi.

Yangiliklar lentasi
0