O‘zbekiston yoshlarini qiynayotgan eng katta muammo nima

CC0 / pixabay / Molodie lyudi na progulke
Molodie lyudi na progulke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda taxminan 700 000 yosh ishsiz hisoblanadi. Bu umumiy yoshlarning 14, 9 foizini tashkil etadi.

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Ishsizlik muammosi O‘zbekiston yoshlarini qiynayotgan eng katta muammodir. Bu haqda Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi ijro apparati rahbari Muzaffar Akromov ma’lum qildi.

“Ishsizlik muammosi O‘zbekiston yoshlarini qiynayotgan eng katta muammodir. O‘zbekistonda taxminan 700 000 yosh ishsiz hisoblanadi.  Bu umumiy O‘zbekiston yoshlarining 14, 9 foizini tashkil etadi”, - dedi Akromov Xalqaro press-klubning navbatdagi press-kofesida.

Uning so‘zlariiga ko‘ra, yoshlarga oid siyosat bilan faqat Yoshlar ittifoqi ishlamaydi. Xamma birlashib, bir yoqadan bosh chiqargan holda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashi lozim.

Shuningdek, Akromov joriy yil 200 milliard mablag‘ Yoshlar ittifoqiga ajratilganini qayd etdi. Ularning 100 milliardi yoshlar uylarini qurishga yo‘naltirilgan. Qolgan mablag‘ning katta miqdori Yoshlar ittifoqining tadbirlarini tashkillashtirishga yo‘naltirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019-yilning yanvar-sentabr oylarida ishsizlik darajasi 8,9 foizni tashkil etgan va 2018-yilning mos davriga nisbatan ishsizlik darajasi 0,1 foizga pasaygan.

Yangiliklar lentasi
0